Naftandoz

Naftandoz (Arabcha — Naft, neft, forscha — andoz, otmoq) — neftni yondirib otish quroli. O’rta Osiyo hududidagi ko’plab shahar xarobalaridan arxeologik konussimon idishlar (simob ko’zacha) topishgan. Ularning aksariyati naqsh, bezaksiz. V.L.Vyatkin Afrosiyob shahar xarobasidan ustiga «fath» — g’alaba deb yozilgan shunday idish topgan. O’rta asrlardagi qo’shinlar tarkibida maxsus Naftandozlar qismi mavjud bo’lgan. Tarixiy manbalarda Naftandoz istilohi 16-asrdan so’ng uchramaydi.