Optoelektronika

Optoelektronika (optika va elektronika) — yorug’lik va elektr usullaridan foydalanib axborotlarni ishlash, saklash xamda uzatish masalalari bilan shug’ullaniladigan elektronika bo’limi. Radioelektronika va hisoblash texnikasinish taraqqiyot bosqichi sifatida yuzaga keldi. Optoelektronika yarimo’tkazgich va vakuum elektronikadan optik zvenosi (fotonlar aloqasi) borligi bilan farq qiladi. Fotonlar elektr jihatdan neytral bo’lganligidan optik aloka kanalida elektr va magnit maydonlari uyg’otilmaydi. Bu esa axborotlarni buzmasdan tekis uzatish va qabul qilishni ta’minlaydi. Axborotlar yorug’lik nuri yordamida uzatilganda aloqa liniyasida elektromagnit Energiyasi to’planib qolmaydi va sochilmaydi, shuning uchun axborot kechikmay, buzilmay, o’z vaqtida yetkaziladi. Optik tebranishlar chastotasining yukrriligi (10y—1015 Gts) axborotlarning ko’p va tez uzatilishini ta’minlaydi. Optoelektronikaning asosiy elementlari — yorug’lik manbalari (lazerlar, yorug’lik diodlari), optik muhitlar (faol va sust) hamda fotopriyomniklar. Bu elementlardan turli nisbatda va ayrim-ayrim foydalanish mumkin. Optoelektronika 2 yo’nalish — optik (kogerent Optoelektronika) va elektrooptik (optronika) yo’nalishda rivojlandi. Hisoblash texnikasi tizimini tuzishning yangi printsipi va usullari, optik aloqa, axborotlarni eslab qolish va ishlash kogerent Optoelektronika bilan bog’liqdir. Optronikaning rivojlanishi yorug’lik manbalari va fotopriyomniklardan to’g’ri foydalanishga asoslangan. Optron sxemalar tuzilishi jihatidan yarimo’tkazgichlarga nisbatan ixcham va oddiy bo’ladi. Optronikaning asosiy elementi — optron. U elektr va optik signallarni kuchaytirish va o’zgartirish, almashlab ulash, modusilyatsiyalash va boshqalarni bajaradi.