Ozuqa normasi
Ozuqa normasi – hayvonlar hayotini saqlash va mahsuldorligini oshirish uchun zarur ozuqa moddalarning kundalik miqdori. Chorvachilik mahsulotlarini ko’plab yetishtirish va yem-xashakdan oqilona foydalanish mollarga beriladigan yem-xashakning sifati va miqdoriga, hayvonlarning ozuqaga bo’lgan talabi hamda xo’jalik sharoitiga bog’liq. Mollarga ozuqa belgilangan norma asosida beriladi. Ozuqaning normadan kami ham, ko’pi ham hayvonlarga salbiy ta’sir etadi. Amalda qo’llanish uchun tavsiya qilingan hozirgi Ozuqa normasi hayvonlarning ozuqa moddalarga bo’lgan umumiy talabi asosida tuzilib, ozusa birligi bilan ifodalanadi; shuningdek, hazm bo’ladigan protein, kaltsiy, fosfor, karotin, osh tuzi normalaridan tashqari 1985 yildan boshlab hayvon turiga qarab — Fermentlar, vitaminlar, uglevodlar, mikroelementlar kabi 30 ga yaqin turli biologik faol moddalar va qo’shimchalar ko’rsatiladi. Yog’liligi 4% 1 l sut hosil bo’lishi uchun taxm. 0,5 ozuqa birligi sarf bo’linishi inobatga olib, sog’in sigarlar uchun Ozuqa normasi hisoblab chiqiladi. Ozuqa normasi doimiy bo’lmay, sharoitga va ishlab chiqarish rejasiga qarab-qayta ko’rib chiqiladi, lozim bo’lsa o’zgartiriladi.