Oparin Aleksandr Ivanovich
Oparin Aleksandr Ivanovich (1894.2.3, Uglich shahri — 1980.21.4, Moskva) — rus biokimyogari, akademik (1946). Moskva universiteti professor (1929 yildan), SSSR Fanlar Akademiyasi biokimyo instituti direktori (1946— 1980). Asosiy ilmiy ishlari erda hayotning paydo bo’lishi, tirik hujayralarga fermentlarning ta’siri mexanizmlarini aniqlash va o’simliklar xom ashyosini qayta ishlash texnologiyasi kabi muammolarni hal qilishga qaratilgan. Yerda hayotning paydo bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan nazariyani ilgari surgan (1922). Bu nazariyaga ko’ra, yerda hayotning paydo bo’lishi moddiy tuzilma rivojlanishining qonuniy bosqichi hisoblanadi. Nazariya hozir Oparinning kimyoviy nazariyasi deb yuritiladi. Oparin tirik hujayralardagi fermentativ reaktsiyalar qaytar xarakterga ega ekanligini tushuntirib berdi (1935). Oparinning ishlari bir kancha biokimyoviy jarayonlar, xususan, non ishlab chiqarish, sharbatlar tayyorlash, vinochilik, choy va tamaki tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. As: Izmenenie deystviya enzimov v rastitelnoy kletke pod vliyaniem vneshnix usloviy, M., 1922; vozniknovenie jizni na zemli, 5 izd., M., 1980.