ATLANTIKA OKEANI
ATLANTIKA OKEANI – yer sharida kattaligi jihatidan tinch okeandan keyin 2 – o’rinda turadigan okean. Tabiiy geografik ocherk. Atlantika okeani shimolda Grenlandiya va Islandiya orollari, Sharqda Yevropa hamda Afrika, g’arbda Shimol va Janubiy Amerika, Janubda Antarktida orasida joylashgan. Uzunligi shimoldan Janubga 15 ming kilometr, enining eng kambar joyi 2830 kilometr (ekvator yaqinida). Maydoni dengizlari bilan birgalikda 91140,8 ming kilometr kvadrat, o’rtacha chuqurligi 3332 metr, suvining o’rtacha hajmi 337541 ming kilometr kub (dengizlarsiz maydoni 82441,5 ming kilometr kvadrat, o’rtacha chuqurligi 3926 metr va suv hajmi 323613 ming kilometr kub). Atlantika okeani orollarining ko’pchiligi materikdan ajralib chiqqan bo’lib, qirg’oqlar yaqinidadir (Buyuk Britaniya, Irlandiya, Nyufaundlend, katta Antil va qisman kichik Antil orollari, Kanar, yashil burun, Folklend orollari va boshqalar). Okeanning ichki qismida Orol kam. Borlari ham vulkan orollaridir (Azor, San-Yelena, Tristanda-Kunya va boshqalar). Relefi va geologik tuzilishi — Atlantika okeani tubidagi ulkan O’rta Atlantika tizmasi okeanni g’arbiy va Sharqiy qismlarga bo’lib turadi. Bu tizmadan G’arb va Sharq tomonlarda suv osti platolari, tizmalar va balandliklar bor. Balandliklar g’arbda Labrador, shimoliy Amerika, Gviana, Braziliya, Argentina va boshqa soyliklarni; Sharqda G’arbiy Yevropa, shimoliy Afrika, Gvineya, Angola, Kap, Agulyas soyliklarini; Janubda Afrika-Antarktida soyliklarini ajratib turadi. Bu soyliklarning chuqurligi 3000 metrdan 7200 — 7300 metrgacha. Eng chuqur joylari 8385 metr, 8428 metr. Suv osti tog’larining tepalari ayrim joylarda suv yuzasidan ko’tarilib turadi (Bermuda, Azor, Kanar, yashil burun, Fernandu-Di-Noronya, San-Yelena, Tristanda-Kunya orollari va boshqalar). Okean tubidagi cho’kindilarning qalinligi ba’zi joylarda 800 — 1000 metrga yetadi. Tub jinslar materik yon bag’irlarida chiqib qolgan. Chunonchi O’rta Atlantika tizmasi qirrasida bazalt va gabbro kabi jinslar uchraydi. Atlantika okeani meridian bo’ylab katta masofada cho’zilganligidan okean yuzasida iqlim sharoiti juda xilma-xil. Atlantika okeani shimolda ekvatorial iqlim mintaqasidan subar Arktika iqlim mintaqasigacha va Janubda Antarktika iqlim mintaqasigacha bo’lgan iqlim mintaqalarini o’z ichiga olgan. Atlantika okeanining katta qismi, ya’ni 40° shimoliy qutb bilan 40° janubiy qutb orasi ekvatorial, tropik va subtropik iqlim mintaqalaridadir. Atlantika okeani ustida Islandiya va Antarktida atmosfera minimumlari, shimoliy Atlantika va Janubiy Atlantika atmosfera maksimumlari vujudga keladi. Ana shu atmosfera markazlari ta’sirida o’rtacha kengliklarda kuchli g’arbiy shamollar, shimoliy va Janubiy yarim shardagi subtropik va tropik kengliklarda esa shimoliy-Sharqiy va Janubiy- Sharqiy (passat) shamollar hosil bo’ladi. Eng kuchli shamollar Atlantika okeanining Janubiy yarim shardagi o’rtacha kengliklarida esadi. Shimoliy tropik kengliklarda iyundan oktabrgacha davom etadigan kuchli bo’ronlar bo’lib turadi. Havo temperaturasi qishda, Fevralda (Atlantika okeanining Janubiy qismida esa avgustda) ekvatorda 25° bo’lsa, 60° shimoliy qutbda 0°, 60° janubiy qutbda — 8 dan -10° gacha bo’ladi. Atlantika okeanining chekka shimoliy g’arbi va Janubda temperatura — 25° va undan pastga tushadi. Yozda, ya’ni avgust oyida esa (Atlantika okeanining Janubiy qismida Fevral oyida) temperatura ekvatorda 26 — 28° bo’lsa, 60° shimoliy qutbda 8 — 12° va 60° janubiy qutbda 0 — 2° bo’ladi. Atlantika okeanining gidrologi k rejimi iqlim sharoitlari ta’sirida, qo’shni okeanlar hamda O’rta dengiz suvlari bilan almashinib turishi, shuningdek tevarak-atrofdagi qurukliklar ta’sirida vujudga keladi. Atmosfera tsirkulyasiyasi ta’sirida okean yuzasidagi oqimlar subtropik va tropik kengliklarda antisiklonal aylanma, shim. o’rtacha va Janubiy yuqori kengliklarda esa tsiklonal aylanma harakat kiladi. Atlantika okeanining xarakterli xususiyati shundaki, bu yerda Golfstrim va uning davomi bo’lgan shim. Atlantika oqimi g’arbiy va shimoliy tarmoqlarga bo’linib ketadi. Oqimlar okean yuzasi yutadigan quyosh issiqligini taqsimlab turadigan asosiy vositalardir. Atlantika okeanining 30° shimoliy qutb bilan 30° janubiy qutb orasidagi yuzasi quyosh energiyasini ko’gtroq yutadi. Okeanning boshqa qismida esa issiqlik atmosferaga o’tib turadi. Iliq va sovuq oqimlar ta’sirida suvning temperaturasi kenglik zonalarida katga farq qiladi. 30° shimoliy qutbdan shimolda, g’arbda temperatura Sharqdagiga nisbatan 10° past bo’ladi. 30° shimoliy qutb bilan 40° janubiy qutb orasida esa aksincha: bu yerda g’arbda temperatura Sharqdagiga nisbatan 5° yuqori. Suvning sho’rligi suv balansiga bog’liqdir: yiliga okean yuzasidan 1040 millimetr suv bug’lanib ketadi, okean yuzasiga esa yiliga 780 millimetr yog’in yog’adi va quruqlikdan 200 millimetr yog’inga teng hajmda suv keladi. Tropik va subtropik kengliklarda yiliga 1640 — 1660 millimetr suv bug’lanadi. Ekvatorda esa yiliga 1400 millimetr, 60° shimoliy qutbda 780 millimetr, 60° janubiy qutbda esa atigi 320 millimetr suv bug’lanadi. Ekvatorga eng ko’p —yiliga 1770 millimetr yog’in yog’adi, 20° shimoliy qutbda esa 640 millimetr, 20° janubiy qutbda 270 millimetr yog’in yog’adi. O’rtacha kengliklarda esa yog’in miqdori yiliga 1100 — 1200 millimetrga yetadi. Shunga ko’ra tropik va subtrogtik kengliklarda suv ayniqsa sho’r (37,25%o), ekvatorda 35%o, Janub o’rtacha kengliklarda 34%o va Antarktida yaqinida 33,6%o -33,8%o, shimol o’rtacha kengliklar g’arbida 32%o, sharqida 35,5%o. Atlantika okeanining yuza qavatida kislorod miqdori ekvatorda 4 l/m3, yuqori kengliklarda 7,5 l/m3 gacha. Suv ko’tarilishi asosan har yarim sutkada takrorlanadi. Fandi qo’ltig’ida suv ko’tarilishi 18 metrga yetadi. Dunyo okeanida suv bundan baland ko’tariladigan joy yo’q. Atlantika okeanining o’rta qismida suv ko’tarilishi 1 metrga yaqin, qolgan joylarida 0,5 dan 2,2 metrgacha. Ko’plab muz va aysberglar okeanning o’rta qismiga shimoliy Muz okeanidan oqib keladi. Muz hamda aysberglarning yetib boradigan o’rtacha chegarasi taxminan 40° shimoliy qutbdan o’tadi. Ayrim hollarda Atlantika okeanining Janub qismida dengiz muzlari va aysberglar Antarktida materigi yaqinida va Ueddell dengizida hosil bo’ladi. Noyabr – dekabr oylarida aysberglar ayniqsa ko’payadi va okeanning o’rta qismida 40° janubiy qutbda, g’arbiy va Sharqiy qismlarida esa 35° janubiy qutbda ko’plab aysberglar uchraydi. Atlantika okeani o’simlik dunyosi juda xilma-xil. 100 metrgacha chuqur bo’lgan qismi (okean tubining 2%) suv tubi o’simliklari (fitobentos) qo’ng’ir, yashil va qizil suvo’tlardan, shuningdek sho’r suvda o’sa oladigan gulli o’simliklar (filospadiks, zootera, poseydoniya) dan iborat. Atlantika okeanining 20° shimoliy qutb bilan 40° shimoliy qutb orasida. Bu dengizda sargass deb ataladigan qo’ng’ir suvo’tlar nihoyatda ko’p. Fitoplankton fitobentosdan farq qilib, okeanning 100 metrli ustki qismida hamma joyda uchraydi, 40 — 50 metrli ustki qismida esa ayniqsa ko’p. Fitoplankton bir hujayrali mayda suvo’tlardan iborat. 1 metr kub suvda 1 milligrammdan 100 milligrammgacha fitoplankton bor. Atlantika okeanining hamma qismida hayvonlar bor. Tropiklarga tomon hayvon turlari xilma-xil bo’la boradi. Sovuq va mo’tadil mintaqalarda bir necha ming hayvon turi bo’lsa, tropik kengliklarda o’nlarcha ming hayvon turlari bor. Sovuq va mo’tadil mintaqalarda sut emizuvchilardan kit va kurak oyoqlilar, baliqlardan seld, treskasimonlar, olabug’asimonlar va kambalasimonlar xosdir, zooplankton orasida kurak oyokdi qisqichbakasimonlar va ba’zan qanot oyoqli mollyuskalar ko’pchilikni tashkil qiladi. 100 dan ortiq hayvon turi bipolyar, ya’ni sovuq va mo’tadil mintaqalar uchun, tropiklarda esa uchramaydigan hayvonlar (tyulenlar, dengiz mushuklari, kitlar, kilka, sardina va boshqalar) xos. Atlantika okeanining tropik qismida kashalot, dengiz toshbaqalari, qisqichbaqasimonlar, akulalar, ucharbaliklar, krablar, marjonpoliplari, stsifoid meduzalar, sifonoforalar, radiolariyalar yashaydi. Atlantika okeanining chuqur suv faunasi bulutlar, marjonlar, ninatanlilar, qisqichbaqasimonlar va boshqa dengiz hayvonlaridan iborat. Tadqiq qilinish tarixi. Atlantika okeani insoniyatga qadim zamondan ma’lum bo’lgan: miloddan 1200 yil oldin finikiyaliklar, 300 — 100 yil oldin rimliklar Atlantika okeanining Yevropa va shimoliy Afrika qirg’oqlariga yaqin qismlarida, 9 — 10 – asrlarda slavyan qabilalari Boltiq dengizida suzganlar. 15 – asrda ispan va portugal dengizchilari Hindiston va Xitoyga boradigan dengiz yo’llarini qidirib, Atlantika okeanining uzoq-uzoq joylariga borganlar. Ana shulardan portugal B. Diash (1487), X. Kolumb (1492 -1503), ingliz J. Kabot (1497) va portugal Vasko da Gama (1498) sayohatlari alohida o’rin tutadi. 1520 yil F. Magellan dunyo bo’ylab sayohat qilganda Atlantika okeanidan o’tgan. F. F. Bellinsgauzen, M. P. Lazarev (1819-21), J. Kuk (1772), I. F. Kruzenshtern (1803) va boshqalarning sayohatlari ham Atlantika okeani haqida ma’lumot berdi. Atlantika okeanini o’rganishda xalqaro geofizika yili davrida o’tkazilgan okeanografik tadqiqotlar katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shundan so’ng Atlantika okeanini bir qancha mamlakatlarning olimlari hamkorlikda o’rgana boshladilar. Atlantika okeani hukumatlararo okeanografik komissiya dasturlari asosida ishlaydigan xalqaro ekspeditsiyalar, shuningdek Rossiya, Angliya, Frantsiya, Niderlandiya, Braziliya, Argentina va boshqa mamlakatlar ekspeditsiyalari tomonidan o’rganilmoqda. Iqtisodiy geografik ocherk. Atlantika okeani muhim iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega. Atlantika okeaniga dunyo kemalarida tashiladigan yuklarning 60%, baliq ovlashning 40% to’g’ri keladi. Suyuq yoqilg’i va metallurgiya xom ashyolari ayniqsa ko’p tashiladi. Atlantika okeani orqali o’tgan dengiz va havo yo’llari bir qitani ikkinchisi bilan bog’laydi. Trans-Atlantika havo yo’llarining ko’p qismi shimoliy Atlantika orqali o’tadi va Yevropadagi London, Parij, Amsterdam va boshqa poytaxt shaharlarni AQSh va Kanada shaharlari bilan bog’laydi. Yevropa bilan Janubiy Amerika orasida ham aviatrassa bor. Dunyodagi eng katta portlarning ko’pchiligi Atlantika okeani havzasida joylashgan. Mineral va energetika resurslari. Atlantika okeani mineral xom ashyo zaxiralariga boy. Meksika va Biskay qo’ltig’i, shim., Karib va O’rta dengizlari materik sayozligidan neft qazib olinadi. Meksika qo’ltig’idan — oltingugurt, Nyufaunlend qo’ltig’idan temir rudasi, Janubiy Afrika qirg’oqlari yaqinidan olmos va boshqa foydali qazilmalar olinadi.