ATLANTIKA XARTIYASI

ATLANTIKA XARTIYASI – AQSH va Buyuk Britaniya hukumatlarining boshliqlari — F. Ruzvelt va u. Cherchill 1941 yil 14 avgustda imzolagan deklarasiya. Atlantika xartiyasida fashistlar Germaniyasi va uning ittifoqchilariga qarshi urushning maqsadlari, urushdan keyingi davrda dunyoning tuzilishi, xususan hududlarni bosib olishdan voz kechish hamda xalqlarning o’zini idora etish usulini o’zi tanlash huquqi to’g’risida umumiy tarzdagi fikrlar bildirilgan. 1941 yil 24 sentabrda London ittifoqchilararo konferentsiyasida SSSR Atlantika xartiyasining asosiy qoidalariga qo’shilganligini e’lon qildi, bu esa gitlerchilarga karshi ittifoq tuzish uchun zamin yaratdi.