ATLAS O’RILISHI

ATLAS O’RILISHI — atlas to’qishdagi o’ziga xos o’rilish; tanda iplari arqoq iplarini yopib o’tgan joylarda ular o’zaro yonma-yon yotmaydi, balki bir necha ip siljib o’tadi. Rapportdagi tanda va arqoq iplari soni kamida beshta bo’ladi. Atlas o’rilishi bilan to’qilgan gazlamalarning sirti silliq bo’lib, faqat arqoq yoki tanda iplarini yopib utgan joylari uzun bulib ko’rinadi. Agar gazlama sirtida arqoq iplari tanda iplarini ko’proq yopib o’tgan bo’lsa, bunday gazlama arqoq atlasi yoki satin deb ataladi. Agar gazlama sirtida tanda iplari arqoq iplarini ko’proq yopib o’tgan bo’lsa, bunday gazlama tanda atlasi yoki atlas deb ataladi.