ATMOSFERA AKUSTIKASI

ATMOSFERA AKUSTIKASI – Akustikaiint atmosferada tovush to’lqinlarining tarqalish qonuniyatlarini akustika usullari bilan o’rganadigan bo’limi. Tovush to’lqinlarining so’nishi faqat to’lqin tarqalishiga bog’liq bo’lmay, tovush energiyasining muhitda yutilishiga ham bog’liqdir. Tovush energiyasining yutilishi tovushning to’lqin uzunligiga bog’liq: qisqa to’lqinlarda ko’p, uzun to’lqinlarda kam yutiladi. Atmosferada tarqaladigan tovush to’lqinlari temperaturasi yuqori bo’lgan muhitdan temperaturasi past bo’lgan muhitga tomon buriladi. Ba’zan, portlash yoki momaqaddiroqning kuchli tovush to’lqinlari faqat Markaziy eshitilish zonasidagina emas, balki ma’lum darajadagi doirasimon eshitilish zonalarida ham aniq eshitilishi mumkin. Bu hodisa tovush to’lqinlarining atmosferadagi past temperaturali qatlamlardan qaytishini tasdiqlaydi.