Tunis, Tunis Respublikasi

Tunis, Tunis Respublikasi (Aljumxuriya attunisiya) — shimoliy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni 164,2 ming km2. Aholisi 9,8 million kishi (2002). Poytaxti — Tunis shahri. Ma’muriy jihatdan 25 viloyatga bulinadi. Davlat tuzumi. Tunis — respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1959 yil 1 iyunda qabul qilingan, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshlig’i — prezident (1987 yildan Zayn Alobidin bin Ali), u umumiy to’g’ri va yashirish ovoz berish yuli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana 2 muddatga kayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Deputatlar palatasi (bir palatali parlament), ijrochi hokimiyatni president bilan hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Yer yuzasining aksari qismi tekislik, ayrim joylarda qirlar uchraydi. Shimoliy va shimoliy g’arbiy qismini Atlas tog’larinnng Sharqiy tarmoklari (Telatlas, Tunis tizmalari va boshqalar) egallaydi. Tunis tizmasining g’arbiy qismida mamlakatdagi eng baland nuqta — Shambi cho’qqisi (1544 metr) bor. Tog’lar oralig’ida platolar, shimolda Tunis pasttekisligi va Janubi g’arbda Tunis sohili, Tunisning Markaziy qismida Shott deb atalgan shurxok botiq joylashgan. Foydali qazilmalardan fosforit, temir, qo’rg’oshin, marganes va rux rudalari, simob, magniy va kaliy tuz konlari bor. Saxroi Kabirda neft va gaz zaxiralari aniqlangan. Iqlimi O’rta dengiz atrofiga xos subtropik ikdim, yozi issiq va quruq, qishi nisbatan salqin, nam; chekka Janubda tropik cho’l iqlimi, Sahroi Kabirdan garmsel (sirokko shamoli) esib turadi. O’rtacha temperatura yanvarda 10°, iyulda 26°, Janubda yanvarda 21°, iyulda 33°. Yillik o’rtacha yog’in 400-1500 mm, Tunis tizmasidan Janubda 100— 200 mm. Daryo kam, yirik daryosi — Majarda (uzunligi 460 kilometr). Tuproq va o’simliklari, asosan, O’rta dengiz atrofiga xos. Tog’lardagi qo’ng’ir o’rmon tuproqlarida aralash o’rmonlar, qolgan hududdagi kulrang va jigarrang tuproqlarda cho’l va chala cho’lga xos o’simliklar o’sadi. Hayvonot dunyosi: shimolda qoplon, to’ng’iz, alqor, chala cho’llarda qoraquloq, gepard, chiyabo’ri, sirtlon, tulki, yovvoyi mushuk bor; qushlar, sudralib yuruvchilar ko’p. Hasharotlardan, ayniqsa chigirtka qishloq xo’jaligi. ekinlariga zarar yetkazadi. O’rta dengizdan baliq ovlanadi. Ashkyol, JabelBuXedma va boshqa milliy boglari, qo’riqxona va rezervatlar tashkil etilgan. Aholisining 97% dan ko’prog’i tunislik arablar, 1%dan ortig’i barbarlar, ozroq yevropalik (frantsuz, italyan va boshqalar)lar. Rasmiy til — Arab tili. Frantsuz tili ham tarqalgan. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Shahar aholisi 61%. Yirik shaharlari: Tunis, Sfaks, Sus, Bizerta, Qayruvon. Tarixi. Tunis hududida ilk paleolit davridan odam yashab keladi. Miloddan avvalgi 4—2-ming yilliklarda dehqonchilik va chorvachilik taraqqiy etib, istehkomli manzilgohlar vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 12-asrda Tunis ga yunonlar, keyinroq finikiyaliklar kirib keldi. Finikiyaliklar tomonidan Tunisda asos solingan shaharlar ichida Karfagen yirik shaxardavlatga aylangan. Miloddan avvalgi 264-146 yillardagi Puni uruio’ari natijasida Karfagen davlati barham topgan. Tunis Rim imperiyasining Afrikadagi mulkiga aylangan. 439 yil barbarlar va qo’zg’olonchi dehqonlar ko’magida Karfagenni vandamar bosib olgan. 534 yil Tunis Vizantiyaga tobe bo’lgan. Tunis tub aholisining ozodlik kurashiga 647 yil Tunis hududiga kirib kelgan musulmon Arab qo’shini yordam bergan. 670 yil arablar Qayruvon shahriga asos soldilar (keyinchalik bu shahar shim. Afrikaga Islom dinini yoyish markazi bo’lib qoldi), 698 yil ular Karfagenni, 703 yil esa Tunisni butunlay egalladilar. 800 yil Tunis Abbosiplar xalifaligidan ajralib chiqib, Ag’labishshr sulolasi hukmronligidagi mustaqil davlatga aylandi. 909 yil barbar qabilalarining qo’zg’oloni natijasida Tunisda ismoiliylarning Fotimiylar davlati barpo etildi. 1535 yil Tunisni Ispaniya bosib oldi, 1574 yil turklar ispanlarni quvib chiqarib, Tunisni Usmonli turk imperiyasi tarkibiga qo’shib oldi. Biroq turk sultonlari Tunisni nomigagina idora qilar edi. 1591 yildan Tunisni Tunis deylari, keyinchalik Murodiylar sulolasi (1612-1702) beylari boshqardi. 1705 yil Husayniylar sulolasi beylari mustaqil Tunis davlatini barpo etdilar. 1861 yil Tunis Liberal islohotchisi Xayriddin attunisiy tashabbusi bilan dastlabki Konstitutsiya (dustur) qabul qilindi. 1881 yil frantsuz qo’shinlari Tunisni bosib oldi. 1934 yil Habib Burg’iba vatanparvar kuchlarni birlashtirib, yangi dustur — so’l millatparvar partiyasini tuzdi, shu partiya milliy ozodlik harakatiga rahbarlik qildi. 2-jahon urushi yillari (1939-45) va undan keyin Tunisdagi milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1952-54 yillarda shaharlardagi umumiy ish tashlash sharoitida Tunis ozodlik armiyasi (1952 yil Yangi dustur partiyasi tomonidan tuzilgan) harakat boshladi. 1954 yil 31 iyulda Frantsiya Tunisga ichki muxtoriyat berishga majbur bo’ldi. 1955 yil 3 iyunda imzolangan konventsiyaga binoan Tunisni idora qilish milliy hukumat qo’liga o’tdi. 1956 yil 20 martda Frantsiya Tunis mustaqilligini tan oldi. 1957 yil monarxiya tugatildi va respublika e’lon qilindi. H. Burg’iba prezident etib saylandi. Tunis — 1956 yildan BMT a’zosi. O’zbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 yil 26 dekabrda tan olgan va 1992 yil 26 noyabrda diplomatiya munosabatlari o’rnatgan. Milliy bayrami — 20 mart — Mustaqillik kuni (1956). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Yangilanish harakati partiyasi, 1939 yil tuzilgan, 1993 yilgacha Tunis kommunistik partiyasi deb atalgan; demokratik konstitusiyaviy birlashma partiyasi, 1934 yil Dustur partiyasining parchalanishi natijasida tuzilgan, 1964 yilgacha Yangi dustur, 1988 yilgacha sotsialistik dustur partiyasi deb atalgan; Xalq birligi partiyasi, 1973 yil tashkil etilgan; demokrat sotsialistlar partiyasi, 1977-78 yillarda asos solingan; demokratik birlashuv Ittifoqi, 1988 yil tuzilgan; Sotsial-liberal partiya, 1988 yil tashkil etilgan. Tunis umumiy mehnat birlashmasi kasaba uyushma markazi, 1946 yil asos solingan. Xo’jaligi. Tunis — konchilik va kayta ishlash sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Tabiiy resurs zaxiralari oz bo’lishiga qaramay, Afrikadagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Yalpi ichki maxsulotda qishloq xo’jaligi va baliq ovlashning ulushi 11,7%, kon sanoatining ulushi 4%, ishlab chiqarish. sanoatining ulushi 18,5%. Qishloq xo’jaligida aholining 60% band. Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar 8 million gektarga yaqin. 3,2 million gektari ekinzor, 2,6 million gektari yaylov, 150 ming gektar yer sug’oriladi. G’alla yetishtirish va yaylov chorvachiligi muhim ahamiyatga ega. Asosiy ekinzorlari mamlakatning shimol va shimoli sharqida joylashgan. Bug’doy, arpa, tsitrus mevalar, zaytun, xurmo, sabzavot, uzum, bodom, qand lavlagi, tamaki yetishtiriladi. Chorvachilikda qo’y, echki, qoramol, eshak, xachir, tuya boqiladi. Parrandachilik sanoat asosida tashkil etilgan. Tel tog’larida o’rmon mahsulotlari, ayniqsa, po’kakli daraxt po’stlog’i, Janubda qog’oz sanoatida ishlatiladigan alfa o’ti yig’iladi. Hammomot va Qobis qo’ltiqlarida, Karqanna orollari sohilida baliq ovlanadi. Sanoatida kon, elektrotexnika, tikuvchilik, to’qimachilik, charmpoyabzal tarmoklari va xizmat ko’rsatish sohasi rivojlangan. Oziq-ovqat, metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo korxonalari bor. Kon sanoatida neft, fosforit, temir, rux rudasi qazib chiqarish muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish. sanoati korxonalarining aksariyati mamlakatning shimoliy Sharqiy Femida barpo etilgan. Chekka rnlarda tsement ishlab chiqarish. yo’lga qo’yilgan. Yiliga o’rtacha 6,7 milliard kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Hunarmandchilik (gilam va savat to’qish, kulolchilik, mis va jezdan bezak buyumlarni yasash) rivojlangan. Temir yo’l uzunligi 2,2 ming kilometr, avtomobil yo’llari uzunligi 22,5 ming kilometr. Asosiy dengiz portlari: Tunis, Sfaks, Bizerta, Qobis, Sexira. Tunis shahri yaqinida xalqaro aeroport bor. Tunis chetga neft va neft mahsulotlari, gazmol, zaytun yog’i, vino, fosforit chiqaradi. Chetdan mashina va uskuna, oziq-ovqat va keng iste’mol mollari oladi. Frantsiya, AQSh, Germaniya, Italiya, Ispaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — Tunis dinori. Tibbiy xizmati. Davlatga qarashli davolash muassasalari bilan bir katorda xususiy shifoxonalar ham bor. Aholining 90% bepul tibbiy yordam olish huquqiga ega. Vrachlar 3 oliy tibbiyot o’quv yurtida tayyorlanadi. Tibbiy hamshira, doya, laborant va boshqa tibbiy xodimlar tayyorlash uchun maxsus maktablar ochilgan. Milliy onkologiya instituti (1969), Paster instituti (1906), oilani rejalash, onalik va bolalikni muhofaza qilish markazi, Tunis universiteti huzuridagi Milliy kardiologiya inti tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar bilan shug’ullanadi. Maorifi, ilmiy va madaniyma’rifiy muassasalari. Ta’lim tizimi frantsuzcha uslubda tashkil etilgan. Keyingi yillarda uni arablashtirishga harakat qilina boshladi. Boshlang’ich maktab 6 yillik (6-12 yoshli bolalar uchun majburiy), umumiy o’rta ta’lim maktabi 7 yillik bo’lib, u 3 yillik quyi va 4 yillik yuqori o’rta maktabdan iborat. Boshlang’ich maktab negizida 4 yillik hunartexnika ta’limi tashkil etilgan. Mamlakatda 50 ga yaqin fakultet va oliy o’quv yurtlari bor. Eng yiriklari: poytaxtdagi Tunis universiteti (1960), Milliy ma’muriy maktab (1949), Milliy musiqa, raqs va xalq san’ati konservatoriyasi, San’at, me’morlik va shaxdrsozlik texnika inti, Milliy Agronomiya instituti. Ilmiy muassasalarning aksariyati poytaxtda joylashgan. Tunis universiteti tarkibida iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar markazi, ilmiy va texnik tadqiqotlar instituti (1969), yadro tadqiqotlari markazi (1966), Milliy texnika instituti (1969), Milliy onkologiya instituti (1969), Milliy LED. tadqiqotlari instituti (1971) bor. Bundan tashqari, Milliy arxeologiya va san’at instituti (1957), Milliy Agronomiya tadqiqotlari instituti (1914), Milliy veterinariya tadqiqotlari inti, Milliy okeanografiya va baliqchilik instituti (1924), dengiz suvlaridan foydalanish va irrigatsiya markazi (1963), Milliy o’rmonchilik instituti va boshqa ilmiy muassasalar mavjud. Kutubxonalari: Milliy kutubxona (1883), ommaviy kutubxona (1965). Muzeylar: Bardo milliy muzeyi (1888), Karfagen milliy muzeyi (1964), Islom san’ati muzeyi va boshqalar. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Tunisda ko’pgina gazeta va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: «Assaboh» («tong», Arab tilida chiqadigankundalikgaz., 1951yildan), «Arrayi» («fikr», Arab tilida chiqadigan haftalik ijtimoiysiyosiy gazeta, 1977 yildan), «Renuvo» («yangilanish», frantsuz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1932 yildan), «Attariq aljadid» («yangi yo’l», Arab tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1981 yildan), «Alvaxda» («birlik», Arab tilida chiqadigan haftalik gazeta, 1981 yildan), «Alhurriya» («Ozodlik», Arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1934 yildan), «dialog» («muloqot», frantsuz tilida chiqadigan ijtimoiysiyosiy haftanoma, 1974 yildan), «Alfikr» («tafakkur», Arab tilida chiqadigan oylik adabiy jurnali, 1955 yildan), «Almaraa» («Ayol», Arab va frantsuz tillarida oyiga 2 marta chiqadigan jurnali, 1961 yildan). Tunis Afrik Press (tap) axborot agentligi, Tunisdagi yetakchi gazetalar, radio va televideniening akdiyadorlik jamiyati, 1961 yil asos solingan. Radioeshittirish 1936 yildan, teleko’rsatuv 1966 yildan olib boriladi. Ularni Tunis radioeshittirish va televidenie davlat Mahkamasi nazorat qiladi. Adabiyoti Tunis hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikda Puni, so’ng lotin tilida rivojlangan. Apuley, Avgustin kabi mashhur adiblar shimoliy Afrikadan chiqqan bo’lsada, Tunisning o’z adabiyoti faqat musulmon Arab hukmronligi davrida Arab tilida vujudga keldi. 10-11-asrlarda Ibn Xani alandalusiy va Ali attunisiy Ibrohim alxusriy, Ibroqim arrakik va Abdulaziz alta’rifiy kabi shoir va yozuvchilar, 14— 15-asr boshlarida atoqli mutafakkir Ibn Xaddun ijod qildilar. 15-asrda sufiylar adabiyoti vujudga keldi. 15-16-asrlarda Arab tilining Tunis shevasida nazm janri ustun bo’lgan xalq adabiyoti shakllandi. 19-asr adabiyotida milliy ozodlik kurashi ruhi sezila boshladi. Muhammad ashShodli Xaznadar ijodida bu ruh, ayniqsa, yaqqol namoyon bo’ldi. 20-asr boshlarida Tunis adabiyotida dastlabki romanlar (Saloh Suvisiyning «Alxayra va Siroj allayla» romani) paydo bo’ldi. 20-30-yillarda hozirgi zamon Tunis adabiyotining asoschisi shoir Abulqosim ashShobbiy, hikoyanavis AliadDu’ajiy, shoir va publitsist Tohir Haddad asarlari mashhur bo’ldi. Mahmud alMesadiy, Muhammad alLarusi alMutviy, Muhammad alMarzukiy kabi yozuvchi va dramaturglar adabiyot rivojiga barakali hissa qo’shdilar. Tunis mustaqillikka erishgach, shoir, yozuvchi va dramaturg Mustafo alForsiy ijodi kamol topdi. 1960-yillarda Tunis adabiyotiga Arab va frantsuz tillarida ijod qiluvchi yozuvchi va dramaturglar kirib keldi. 20-asr oxirlarida Hasan Nasr («yomg’irli tunlar» hikoyalar to’plami), Izzeddin medaniy («nol inson» romani, «g’aroyib hodisalar» hikoyalar to’plami), Mahmud Tunsiy (hikoya va lirik she’rlar), Muhammad Saloh aljabriy («Zamira hayotidan bir kun» qissasi), Abdurahmon Amar («Sevgi va inqilob» qissasi, «Besh qaxramon» pyesasi) va boshqa yozuvchi hamda dramaturglar ijodi diqqatga sazovor. Me’morligi va tasviriy san’ati. Tunis hududidan kapsa madaniyati san’at yodgorliklari (qoyatoshlarga ishlangan jonivor va odam tasvirlari, ov manzaralari, sopol idishlar) topilgan. Finikiylar davridan ibodatxona, daxma va binolarning, rimliklar davridan shahar xarobalari (Dugga, Tuburbomayus va boshqalar) saqlanib qolgan. Ularda teatr, amfiteatr, hammom, tsirk, turar joy, oromgoxlar bo’lganligi seziladi. O’rta asrlarda musulmon me’morligi (masjid, minora va saroy binokorligi) shakllandi. Qayruvon, Sfaks, Sus, monastir, Tunisda minorali masjidlar, shoh saroylari qurildi, istehkomlar, sharsharalar, suv omborlari barpo etildi (Qayruvondagi Sidi Oqba masjidi, 9-asr, Tunisdagi Bab aljadid, bab alminora tosh darvozalari, 13-asr). 11 — 15-asrlarda me’morlik ispan mag’rib, 16-19-asrlarda turk san’ati oqimida rivojlandi. 20-asrda shaharsozlikka frantsuz me’morlari boshchilik qildi, ular mahalliy binokorlik an’analarini Yevropa rasionalizmi tamoyillari bilan uyg’unlashtirishga intildi. Mustaqillik yillarida yetishib chiqqan O.K. Kakub, X. Amara va boshqa tunislik me’morlar zamonavii konstruktsiya va materiallar (temirbeton, shisha, metall, plastmassa va yog’och)dan foydalanib uyjoy va jamoat binolarining loyihalarini tuza boshladilar. Tunis shahridagi yangi turar joy binolari, «Dyu Lak», «Afrika» mehmonxonalari, monastir sh.dagi «Palma» mehmonxonasi, ayniqsa, muvaffaqiyatli chiqqan. Tunis zamonavii tasviriy san’atiga 12-asrning 90-yillarida asos solindi. 20-asrning 20-30-yillarida Yaxyo turkiy, Hodi Hayoshiy, Amar Farhod kabi musavvirlar shaklan mukammal, mazmunan milliy san’at asarlari yaratdilar. Hozirgi zamon tasviriy san’atida realistik va modernistik oqimlar mavjud. Realizm yo’nalishidagi rassomlardan Ali bin Salim, Hodi Turkiy, Hotam Mekkiy, grafikami Ibrohim adDaxak, modernism oqimidagi haykaltarosh Hodi Selmiy, rangtasvirchi va grafik Zubayr turkiy va boshqalar mashhur. Tunis zamonavii amaliy bezak san’atining asosiy turlari gilam to’qish, kashtachilik, to’r to’qish, kulolchilik, zargarlik va kandakorlikdan iborat. Musiqasi uzoq yillar davomida finikiy, yunon, Rim, ayniqsa, Arab va turk madaniyati ta’sirida rivojlanib keldi. Tunis musiqasi Mag’rib mamlakatlari madaniyatida alohida ahamiyatga ega. Badaviylar an’analari negizida marosim va mehnat qo’shiqlari, shoirbaxshilar ijodi rivoj topdi. Mumtoz musiqasi Andalusiya (Ziryob) maktabi ta’sirida qaror topgan. Turkumli janr Nuba muayyan maqam (lad)larga asoslanib, cholg’u badihaviy muqaddima (istiftax), ma’lum usullarda ijro etilayotgan vocal (av’yat, btayxi, baruel, taushiyya, dardj va boshqalar) hamda cholg’u (msaddar, dxoul kabi) qismlardan iborat. 24 mumtoz nubadan hozirda Tunisda 13 tasi saqlangan. Qasida, muvashshax, shuningdek, diniy musika shakllari — zajal, zikr, turk madaniyati ta’sirida bashraf (cholgu kuy) lar keng o’rin olgan. Milliy sozlari: ud, torlikamonli rabab, qonun, naysimon Kasba, zurna (surnay turi), doirasimon tar va bendir, to’rtburchak daf, darbuka, tbala (baraban turlari). Mustaqillikka erishilganidan so’ng musiqa madaniyatiga e’tibor kuchaydi. 60-yillarda simfonik orkestr, milliy ansambllar tashkil etildi. Tunis folklor ansambli, Bizerta mumtoz musiqa ansambli, «Rashidiya» jamiyati orkestri (hozirgi radio orkestri) ishlay boshladi. An’anaviy musiqa bilan birga musiqa madaniyatining yevropalashgan shakllari yoyila bordi. Musiqa kadrlari oliy va o’rta musiqa o’quv yurtlari, jumladan, Tunisdagi Milliy musiqa, raqs va xalq san’ati konservatoriyasi, Sfaksdagi konservatoriyada tayyorlanadi. Bastakor, ijrochi va musiqashunos Saloh alMahdiy, bastakor va udchi M. alJamusiy, xonandalar u. Karim, Sh. Alaviy, Abdulhaq Tarialar mashhur. Har yili o’tkaziladigan Karfagen musika festivali folklor san’atining jahon markaziga aylandi. Teatri. Xalq o’yinlari va bayramlarida, sayyor qiziqchilarning san’atida teatr unsurlari bo’lgan. 13-asrdan soya va qo’g’irchoq teatrlari yoyildi. 1826 yil Italiyadan kelgan truppa tunislik tomoshabinlarni Yevropa teatri bilan tanishtirdi. 1860-75 yillarda dastlabki teatr binolari qurildi. 1893 yil livanlik dramaturg shukri g’animning «Antara» spektakli sahnalashtiriddi. 1908 yil Sulaymon alKardaxiy birinchi Tunis teatriga asos soldi, 1913 yil u «Ashshaxama alarabiya» va «aladab» jamoalariga bo’linib ketdi. 1921-22 yillarda misrlik rejissyor Jorj Abyad «Arab teatri»ni tashkil etdi. 1955 yil ish boshlagan munisipal teatri doimiy truppa va katta repertuarga ega edi. Mustaqillikka erishilgach (1956), 1959 yil tashkil etilgan teatr maktabi (rahbari Hasan Emerli) tez orada drama markazi (rahbari Muhammad Aziza)ga, 1982 yil Drama san’ati intiga aylantirildi. 1960-70 yillardan Sus, Sfaks, Bizerta, AlQof, Qayruvon, Qafsa shaharlarida teatrlar ishlay boshladi. 1960 yildan monastir shahrida Mag’ribdagi barcha teatrlarning festivallari, Hammomotdagi teatr markazida (1964 yil tashkil etilgan) va ko’hna Karfagen xarobalarida xalqaro teatr festivallari o’tkaziladi. Kinosi. 1897 yil Sh. Shikli dastlabki kinoseanslarni tashkil etdi. 1907 yil doimiy kinoteatr ochildi. 1922 yil Sh. Shikli qisqa metrajli «Zuhra», 1924 yil esa to’liq metrajli «ohu ko’zlari» filmlarini suratga oldi. Mustamlakachilik davrida g’aroyibsarguzasht filmlar — «etikdo’z Ma’ruf» (1921, rejissyor R. Dessor), «Yasmina» (1926, rejissyor A.Yugon), «Kayruvonlik telba» (1939, rejissyor J.A. Krezi, Arab tilidagi birinchi film), «Bim» (1949, rejissyor A. Lamoris) va boshqalar yaratildi. 1946-54 yillarda Tunisda «Afrika» kinostudiyasi ishladi. Mustaqillik ko’lga kiritilganidan keyin Tunis filmlar ishlab chiqarish. va prokat qilish aktsiyadorlik jamiyati tuzildi (1957), qisqa metrajli xronika filmlari bilan bir qatorda milliy ozodlik kurashiga va ijtimoiy masalalarga bagishlangan «tong» (1966), «qo’zg’olonchi» (1967), «fallohlar» (1970) kabi badiiy filmlar yaratildi. 70-80-yillarda yaratilgan filmlar orasida ishchilar hayoti va kurashini tasvirlovchi «Sejnan» (rejissyor A. Bin Ammar), Frantsiyadagi Arab muhojirlari takdiriga oid «elchilar» (rejissyor N. Xtariy), kichik qishloq hayotining o’zgarishi to’g’risidagi «sirtlon quyoshi» (rejissyor R. Baxiy), tunislik ayollar hayotidan olingan «Aziza» (rejissyor A. Bin Ammar), shuningdek, «kechuv» (rejissyor M.B.Mahmud), «farishtalar» (rejissyor R. Baxiy) kabi filmlar bor.