ATMOSFERANING ISSIQLIK BALANSI
ATMOSFERANING ISSIQLIK BALANSI — atmosferaga kelgan va undan chiqqan issiqlik tengligi. Atmosferaning nurlanish balansi R, atmosferada suv bug’lari kondensatlanishi tufayli ajralib chiqqan issiqlik hr (h — kondensasiya yashirin issiqlig’i, g— yog’inlar yig’indisi), yer sirtidan turbulent almashinuv natijasida atmosferaga berilgan issiqlik R, havoning gorizontal yo’nalishda ko’chishi (advektsiya) tufayli kelgan issiqlik oqimi (A) Atmosferaning issiqlik balansini tashkil qiladi. Issiqlikning advektiv ko’chishi odatda ekvatordan qutblarga qarab yo’nalgan bo’ladi, shuning uchun bu jarayon tufayli yuqori kengliklardagi havo issiqlik oladi, quyi kengliklarda esa issiqlik yo’qotadi. Atmosfera tsirkulyasiyasi va okean tsirkulyasiyasi tufayli havo temperaturasi uzluksiz ravishda quyi kengliklarda pasaymaydi, yuqori kengliklarda ko’tarilmaydi, ya’ni issiqlikning advektiv ko’chishi natijasida muvozanatlashib turadi. Shunga ko’ra butun atmosferaning o’rtacha yillik temperaturasi turg’un bo’ladi.