ATOM
ATOM (Yunoncha atomos — bo’linmas) — kimyoviy elementning barcha xossalarini o’zida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasi. Dastlabki «bo’linmas» nomini olgan bu zarraning ichki tuzilishi anchagina murakkab. Atom musbat zaryadlangan negiz (yadro) va yadro atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tashkil topgan. Atom markazida barcha massasi jamlangan musbat zaryadlangan negiz (yadro) joylashgan; atrofida o’lchovlari (~ 10~8 santimetr) Atom o’lchovlarini ifodalaydigan elektron qobiqlarini hosil qiluvchi elektronlar harakat qiladi. Atom yadrosi protonlar va neytronlardan tashkil topgan. Atomdagi elektronlar soni yadrodagi protonlar soniga teng (Atomdagi barcha elektronlar zaryadi yadro zaryadiga teng), protonlar soni elementning davriy tizimidagi tartib raqamiga teng. Atom elektronlarni tutib olib yoki berib, manfiy yoki musbat zaryadlangan ionlarga aylanadi. Atomning kimyoviy xossalari asosan tashqi qobiqdagi elektronlar soni bilan aniqlanadi; kimyoviy qo’shilib, Atomlar molekulalar hosil qiladi. Atomning ichki energiyasi uning muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Ichki energiya ma’lum (diskret) qiymatlarga ega bo’lishi va u sakrashsimon kvant o’tishlardagina o’zgarishi mumkin. Ma’lum qiymatdagi energiyani yutib, Atom qo’zg’algan holat (energiyaning yuqoriroq sathi) ga o’tadi. Atom foton chiqarib, qo’zg’algan holatdan kichik energiyali holat (energiyaning pastroq sathi) ga o’tadi. Atomning eng kichik energiyasiga mos sathi asosiy sath, Atom markazida Ze musbat zaryadli massiv yadro joylashgan, yadro atrofida — Ze elektronlar aylanadi. Atomning deyarli hamma massasi yadroda to’plangan. qolganlari esa qo’zg’algan sathlar deyiladi. Atom tuzilishi haqidagi fan («atom fizikasi» «yadro fizikasi», «elementar zarralar fizikasi» va boshqa yo’nalishlar) nazariyasi ancha murakkab bo’lib, fizikaning deyarli barcha yutuqlariga va hozirgi zamon matematik apparat yutuqlariga tayanadi. Ad: Bekjonov R. B., Atom yadrosi va zarralar fizikasi, T., 1995; modda tuzilishi, T., 1997.