ATOM ARTILLERIYASI
ATOM ARTILLERIYASI – oddiy va kimyoviy qurol bilan ham, yadro zaryadi bilan ham ta’minlangan snaryadlarni yer ustidagi va dengizdagi nishonlarga otish uchun mo’ljallangan artilleriya tizimi. Birinchi namunasi AQShda tayyorlangan 280 millimetrli to’p hisoblanadi. 1983 yilda Nevada shtati poligonida bu to’pni sinash uchun 360 kilogrammga yaqin massali atom snaryadi otilgan va u 11 kilometr masofada 150 metr balandlikda portlagan. Uning portlash ekvivalent quvvati 15 ming tonna trotil bo’lgan.