ATOM BOMBASI
ATOM BOMBASI, yadro bombasi — yadro zaryadi o’rnatilgan aviasiya bombasi. Yadro ichki energiyasi kuchiga asoslanadi. Atom bombasi portlaganda katta miqdorda yadro energiyasi ajralib chiqadi. Birinchi marta 2-jahon urushi oxirida sobiq Ittifoq va AQShda tayyorlangan. 1945 yil iyunda amerikaliklar har qaysisining trotil ekvivalenti 20 ming tonna dan bo’lgan 2 ta Atom bombasini Yaponiyaning Xirosima (1945 yil 6 avgust) va Nagasaki (1945 yil 9 avgust) shaharlariga tashlagan. Natijada bu shaharlar vayron bo’lgan va Xirosimada 140 ming kishi, Nagasakida 75 ming kishi halok bo’lgan. Keyinchalik bombalarning portlash oqibatlari yana bir necha yuz ming kishilarning yostig’ini quritgan, minglab kishilar nogiron bo’lib qolgan. Hozir trotil ekvivalenti million tonnagacha boradigan Atom bombasi boshqalar mavjud.