Qayin

Qayin — qayindoshlar oilasiga mansub barg to’kuvchi daraxt va butalar turkumi. Oq Qayin, Kareliya Qayini, yumshoq yoki tukli Qayin, Dauriya Qayini. yoki qora Qayin, yapaloq bargli Qayin kabi 100 ga yaqin turi ma’lum. Asosan, Shimoliy yarim sharning mo’tadil va sovuq iqlimli rayonlari hamda subtropik mamlakatlarida tarqalgan. G’arbiy Yevropaning 65° gacha shimoliy kengliklarida, Rossiya Yevropa qismining o’rmon va o’rmondasht zonasida, G’arbiy Sibir, zabaykale, Sayan, Oltoy va Kavkazda uchraydi. Ignabarglilar va bargli daraxtlar bilan aralash o’sib, keng Qayin o’rmonlari hosil qiladi. O’rta Osiyoda 2 turi: Turkiston va Tyanshan Qayinlari tarqalgan. To’qayzorlarda, 5-6 ga maydonlarda alohida yoki aralash o’rmonlar tashkil qilib, tog’daryolari qirg’oqlarida ingichka polosalar holida o’sadi. Ba’zi joylarda yong’oqzorlar, archazorlar, oqqarag’ayzorlarda tabiiy holda uchraydi. Turkiston Qayini (V. 1igke§1ashka) TyanShan-Olay tog’daryolari bo’ylarida uchraydi. Bo’yi 8-17 metr. Po’stlog’i oqsariq, tanasidan tez ko’chadi. Barglari ketmaket joylashgan tuxumsimon, tig’simon. Gullari ayrim jinsli, bir uyli o’simlik. To’pguli kuchala. Aprel oyida gullab, oktyabrda urug’laydi. Tyanshan Qayini yoki qizil Qayin (V.Iapzspashsa) Tyanshan tog’lari vo’diylarida yakka holda yoki to’pto’p bo’lib uchraydi. Daraxtining bo’yi 20 metrgacha yetadi. Shoxshabbalari keng, qalin. Po’stlog’i qatlamqatlam. Barglari to’q kulrangyashil, rombsimon. Yosh novdalarida smolali so’gallari bor. 8-15 yoshidan gullay boshlaydi. Qayin yorug’sevar, sovuqqa chidamli, qurg’oqchilikka bardoshli. Turli tuproqiqlim sharoitlarida o’sa oladi. 40-120 (150) yil yashaydi. Qayindan shaharlarni ko’kalamzorlashtirishda foydalaniladi, yog’ochidan parket, faner, chang’i va boshqalar, ayrim turlarining yog’ochidan qimmatbaho mebel tayyorlanadi. Po’stlog’idan qatron, barglaridan bo’yoq olinadi, kurtagi va kuchalasi qushlar uchun yaxshi ozuqa. Qayin sharbati, kurtagining qaynatmasi va tindirmasi tibbiyotda qo’llaniladi. Ad.: Grozdova N.B., Beryoza, M., 1976. Abdushukur Xonazarov.