ATONIYA

ATONIYA (Yunoncha a — inkor qo’shimchasi va tonos — tonus, taranglik) — biror a’zo muskullari normal tonusining yo’qolishi; ozib ketish, nerv va boshqa kasalliklarda kuzatiladi. Atoniya tug’ma bo’lishi ham mumkin. Atoniyada a’zo yoki to’qima bo’shashib, ilgarigidek ishlay olmay qoladi. Me’da Atoniyasi, ichak Atoniyasi, bachadon Atoniyasi va boshqalar farq qilinadi.