Qoraqarag’ay

Qoraqarag’ay – qarag’aydoshlarga mansub doim yashil igna-bargli daraxtlar turkumi. 36 turi ma’lum. Yevrosiyoda 27, shimoliy Amerikada 9 turi tarqalgan. O’zbekistonda oddiy yokievrona Qoraqarag’ayi va Shrenk Qoraqarag’ayi turi o’sadi. Oddiy yoki Yevropa Qoraqarag’ayining bo’yi 15-20 (30— 50) metr, piramidasimon. Po’stlog’i qizg’ish-qo’ng’ir yoki kulrang. Ignabarglari 15-25 millimetr, zich joylashgan, o’tkir uchli. kurtaklari tig’simon, smolasiz. Novdalari qattiq, 5-7 yil davomida saqlanib turadi. Atohida o’sgan daraxtlar 10— 15, o’rmonlarda esa 25-30 yoshidan gullaydi. Shamol yordamida changlanadi. Qubbalari tuxumsimon . Urug’i oktabr-noyabrda pishib yetiladi. 250-800 yilgacha yashaydi, sovuqqa chidamli. Yog’ochi oq, yengil, qattiq. 80— 120 yildan keyin qirqib foydalanish mumkin. Yog’ochi qurilishda, tsellyuloza- qog’oz sanoatida, mebel, musiqa asboblari, temir yo’l shpallari tayyorlashda ishlatiladi. O’tin sifatida foydalaniladi. Ignabarglaridan efir moyi, S vitamini, po’stlog’idan oshlovchi moddalar olinadi. Ko’proq ko’kalamzorlashtirmsh va tog’ihotasi uchun ekiladi. Urug’idan va parxish qilib hamda qalamchalaridan ko’paytiriladi.