Qoramug’, qoramig’
Qoramug’, qoramig’ — chinniguldoshlarga mansub bir yillik begona o’t. Poisi yalang’och, tik o’sadi, yuqori qismi sershox, bo’yi 30-100 santimetr. Barglari qarama-qarshi joylashgan, bandsiz tuxumsimon-nashtarsimon. Gullari pushti yoki och-qizil qalqonsimon to’pgulga yig’ilgan. Mevasi ko’p urug’li sharsimon ko’sakcha. Maydan avgustgacha gullab, mevalaydi. Urug’idan ko’payadi. Bir tupi 400-500 urug’ tugadi. Urug’i 5-10° da ko’karadi. Urug’i tarkibida zaharli saponin moddasi bor. Qoramug’ mollarga berilmaydi. O’rta Osiyoda tarqalgan. Sug’oriladigan va lalmi don ekinlarini, shuningdek, tariq va zig’ir ekilgan maydonlarni ifloslaydi. Kurash choralari: don ekinlari urug’ligi tozalanadi; qishlab chiqqan maysalarini yo’qotish uchun kultivasiya qil inadi; don ekinlari gerbitsidlar bilan dorilanadi.