ATHARVAVEDA
ATHARVAVEDA — hind xalqining buddizmgacha bo’lgan eng qadimgi diniy va adabiy yodgorligi bo’lmish 4 she’riy va nasriy to’plam — vedalardan biri. Taxminan miloddan avvalgi 9-8-asrlarda tuzilgan. Vedalar quyidagilar: Rigveda — gimnlar vedasi (muqaddas bilim), Samaveda — qo’shiqlar vedasi, Yajurveda — qurbonlik so’zlari hamda qoidalari va Atharvaveda — zodagonlarning hikmatli yoki qarg’ish so’zlari vedasi. Atharvaveda qadimgi hindlarning dini, madaniyati va ijtimoiy tuzumi haqida muhim ma’lumot beradi.