Qodirov Erkin
Qodirov Erkin (1932.28.12, Toshkent) — tsitolog, gistolog olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1990), biologiya fanlari Doktori (1982), professor 0984), ToshTIni tugatgach (1961), O’zbekiston sog’liqni saqlash vazirligi O’lka tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti ordinatori (1961-62), aspiranti (1963-66), katta ilmiy xodim (1968), Toshkent universiteti biologiya-tuproqshunoslik fakultetida katta o’qituvchi (1968-79), dotsent (1979), kafedra mudiri (1983 yildan). Ilmiy ishlari ko’lboryuton zahari turli dozalarining kalamushlar ichki sekresiya bezlari: gipofiz, qalqonsimon bez va buyrak usti bezlari hujayralari morfologik tuzilishi va vazifalariga ta’sirida ro’y beradigan morfofunktsional o’zgarishlarni o’rganishga, shuningdek, ilon chaqqanida davolash maqsadida yuboriladigan «Antigyurza» zardobini zaharsizlantirish dinamikasini morfofunktsional usullar yordamida yoritishga bag’ishlangan. As: Zlokachestvennny Zob, T., 1967; umumiy gistologiyadan amaliy mashg’ulotlar uchun qo’llanma. T., 1983; Gistologiya [darslik], 1994; odam anatomiyasi [darslik], T., 2003.