Nukus tumani
Nukus tumani — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi tuman. 1968 yil 25 dekabrda tashkil etilgan. G’arbda Xo’jayli, shimoli-g’arbda Amudaryo orqali Qanliko’l tumani, sharkda Qorao’zak, shimoli-Sharqda Kegeyli, shimolda Bo’zatov tumanlari, Janubi-sharqda Amudaryo tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,0 ming km2. Aholisi 43,5 ming kishi (2001). Tumanda 1 shaharcha (Oqmang’it), 6 ovul fuqarolari yig’ini (Arbashi, Baqanshaqli, Kerder, Samanbay, Taqirko’l, Qirontov) bor. Markazi — Oqmang’it shaharchasi. Tabiati. Tuman hududi Qoraqalpog’istonning markazida, quyi Amudaryoning Sharqiy sohilidagi pasttekislikda joylashgan. Relefi, asosan, past-baland tekisliklar, g’arbiy qismi Amudaryo botig’i, Sharqiy qismi qum do’nglari va qator qum tepalaridan iborat. Balandligi 100 metr. Shimoli va janubi-g’arbiy qismida yer usti Amudaryo oqizib keltirgan unumdor allyuvial va eol yotqiziqlaridan tuzilgan. Asosan, botqoq, o’tloqi-botqoq, o’tloqi-taqir, Amudaryo bo’ylarida esa sur-qo’ng’ir va o’tloqi-cho’l tuproqlar tarqalgan. Bu yerlarda dehqonchilik va o’rmon xo’jaliklarini rivojlantirish uchun qulay sharoit mavjud. Tumanning Janubiy qismi geologik jihatdan Sulton Uvays tog’ining davomi hisoblanadi. Lekin, relefida uning tog’li xususiyati yaxshi saqlanmagan. Baland tepaliklar Amudaryo bo’yidagi kichik allyuvial pasttekisliklar bilan almashinib boradi. Tepaliklarning eng baland joyi 149 metr (Beshto’be). Landtshaft jihatidan tumanning bu qismi Qoraqalpog’iston Qizilqumining davomidir. Tuman hududida sug’orish kanallari, zovurlar (kollektorlar), turli xil katgalikdagi ko’tarmalar bor. Qurilish materiallaridan tosh, shag’al, qum va gil ko’p. Tumandagi Nazarxon ko’li, Sapokko’l na boshqa bir necha kichik ko’llar xo’jalik ahamiyatiga ega. Nazarxon, Cho’rtonboy, samanboy o’rmon xo’jaliklari mavjud (6,5 ming gektar). Turang’il daraxti yog’ochi mebel tayyorlashda ishlatiladi. Tuman hududida tabiiy kompleksni qayta tiklash va uning resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha ishlar qilinmoqda. Yovvoyi o’simliklardan ko’proq oq saksovul o’sadi. Amudaryo qayirlarida Turang’il, terak, yulg’un, jiyda, bug’doyiq, ajriq, qorabaroq, chiy, qamish, qo’g’a to’qaylari bor. Qirlarda oq shuvoq, sho’ralar o’sadi. Qamishzor va to’qaylarla qobon, chiyabo’ri, quyon, ondatra, bo’rsik. qushlardan qirg’ovul, o’rdak, chag’alay. kaptar, qo’ton, bir qozon, qorabuzov (Baklan), mo’ylovli chittak, inuya, dehqonchumchuq, oq qanotli qizilishton, popushak, zarg’aldoq, tentakqush va boshqalar bor. Sudraluvchilardan toshbaqa, kaltakesaklar, kalamush, sichqon va boshqa kemiruvchilar ko’p. Amudaryo va ko’llarda sazan, bakpa, laqqa, cho’rtan, oq Amur va boshqa baliqlar serob. Iqlimi keskin kontinenti. Qishda temperatura keskin pasayib ketadi. Yillik o’rtacha temperatura 11°, yanvarda o’rtacha temperatura -6,9°, iyunda 27°, eng past temperatura -32′. eng yuqori temperatura 46°. Vegetatsiya davri 226 kun. Yillik yog’in 92 mm. Yog’inning 45’g bahorda, 27% qishda tushadi. Asosiy sup tarmog’i — Amudaryo, Bo’zatov kanallari Tuman hududidan Qizketgan kanali ham oqib o’tadi. Aholisi, asosan, qoraqalpoqlar (60,8%), shuningdek, qozoq (30%), o’zbek (8,7%), rus, turkman, koreys, tatar va boshqa millat vakillari (0,5%) qam yashaydi. 1 km2 ga 43,5 kishi to’g’ri keladi. Shaharliklar 8,3 ming kishi (19,1%), qishloq aqolisi 35,2 ming kishi (80%) (2001). Xo’jaligi. Sanoati aholiga madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish korxonalaridan iborat. Qishloq xo’jaligi Nukus shahri aholisini qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan ta’minlashga ixtisoslashgan. Qishloq xo’jaligining barcha tarmoqlari rivojlangan bo’lib, ularning asosiy yo’nalishi mevachilik, tokchilik, poliz va sabzavotchilik, go’sht va sut chorvachiligi, parrandachilik, sholikorlik, g’allachilik va paxtachilikdan iborat. Tumanda bir qancha qo’shma korxona (shu jumladan, Isroil-O’zbekiston issiqxonasi), boshqa sanoat korxonalari, kichik, xususiy korxonalar, aktsiyadorlik jamiyatlari mavjud. Qishloq xo’jaligining yetakchi tarmoklari — g’allachilik va paxtachilik. Kartoshka va beda ham ekiladi. Tutzor, pichanzor va yaylovlar bor (2003). Tuman shirkat va shaxsiy xo’jaliklarida 13,3 ming qoramol, 7,6 ming qo’y va echki, 800 ot, shuningdek, parranda boqiladi. Asfaltlangan avtomobil yo’llarining uzunligi 100 kilometr. Nukus— Xalqobod— Chimboy — Taxtako’pir, Nukus — Oqmang’it — Qozonketgan — Qozondaryo, Nukus — Xo’jayli — Qo’ng’irot — Mo’ynoq yo’nalishlarda muntazam avtobus qatnovi yo’lga qo’yilgan. Tuman hududidan temir yo’l o’tgan. Umumiy ta’lim maktablari, litseylar, kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari faoliyat ko’rsatadi. 2 kasalxona va boshqa tibbiy muassasalari mavjud. Nukus tumanida «Orol», «Alpomish», «Umid» dam olish maskanlari bor.