AFISHA

AFISHA (Fransuzcha affiche — e’lon) — reklamaning bir turi. Spektakl, kontsert va boshqa adabiy tadbirlar, tomoshalar to’g’risida xabar beruvchi maxsus e’lon. Afisha tomoshaxonalar oldiga, ko’chalar, maydonlardagi maxsus taxtalarga yopishtirib qo’yiladi. Miloddan avvalgi bunday e’lonlar devorga, taxtaga, to’rtburchak ustunlarga yozilgan; o’rta asrlarda bu vazifani jarchilar bajargan. 16-asrdan Afisha qog’ozlarda bosila boshladi. 19-asrda Afisha ishlab chiqarish juda taraqqiy etdi. Bu soha bilan rassomlar shug’ullangani sababli Afisha tasviriy san’atning bir turiga aylandi. 1914 yilning 15 yanvar Samarqandda, o’sha yilning 27 Fevral Toshkentda (Hamza teatrida) «Padarkush» (Behbudiy) spektakli qo’yilishi munosabati bilan o’zbek tilida ilk Afishalar tarqatilgan. Hozirgi kunda suratli Afishalar keng tarqalmoqda.