Nisshe (Nietzsche) Fridrix
Nisshe (Nietzsche) Fridrix (1844.15.10, Rekken, Lyutsen yaqinida, Saksoniya — 1900.25.8, Veymar) — nemis faylasufi, hayot falsafasi namoyandasi. Protestant ruhoniysi oilasida tug’ildi, taqvodorlik muhitida o’sdi. Gimnaziyadagi do’stlari uni «ibodatxonadagi 12 yoshli Iso»ga o’xshatib, «Mitti pastor» deb atashgan. Nisshe Injildan parchalarni va cherkov qo’shiqlarini ta’sirchan ijro etgan. 10 yoshidan she’rlar ham yoza boshlagan. Bonn va Leypsig shaharlarda ta’lim oldi (1864-68). Bazel universitetining professor (1869-78). Kasalligi tufayli universitetdagi ishini tashlab ketishga majbur bo’ldi. 1871 yildan N.ning salomatligi yomonlashib, qattiq bosh ogrig’iga uchraydi. 1888 yilda falaj bo’lib qoladi, ko’p o’tmay aqli zaiflasha boshlaydi. Singlisi Yelizabet Fyorster-Nisshe unga o’limiga qadar Mehribonlik ko’rsatadi, vafotidan so’ng esa Nisshening ijodiy merosi haqida qayg’uradi. Nisshe kasalmand, odamlarga qo’shilisha olmaydigan, noqulay inson edi. U o’zi xayolan yaratgan ideal inson timsoliga butkul berilib, tanx,olikda yashashni afzal ko’rardi. 1872 yil Nisshening «Musiqa ruhidan fojianing tug’ilishi» deb atalgan 1-kitobi bosilib chikdi. Bunda u borliqning 2 asosini — bir tomondan, «hayotiylik», «maishat» va «fojiaviylik»ni va 2-tomondan, «mushohadaviylik», «mantiqiylik», «bir tomonlama intellektuallik»ni o’zaro qarama-qarshi qo’ygan. Bu kitobni zamondoshlari g’ayriilmiy asar sifatida rad etishdi. Nisshe 1873-76 yillarda yozilgan «bemavrid mulohazalar»ida D. F. Shtraus va tarixiylik tarafdorlarini keskin tanqid qilib, ayni vaqtda faylasuflardan Shopengauer va Rixard Vagnerni ulug’laydi. Biroq ko’p o’tmay, Nisshening Vagnerdan ixlosi qaytadi. Nisshening mashhur asari «Zardo’sht tavallosi: hamma uchun va hech kimga atalmagan kitob»dir (1 qismi — 1883, 1-to’liq nashri 1892 yilda chiqqan). O’zining bu asarini Nisshe «insoniyat qo’lidagi kitoblar ichida eng terani», deb hisoblagan. Nisshe o’zini insoniyat imkoniyatlari chegarasidan tashqariga chiqqan ongni o’zida mujassamlashtirgan Zardusht bilan tenglashtirgan. Nisshe «Hokimiyatga intilish» kitobini o’zining asosiy dasturiy asariga aylantirishni o’ylagan edi. Lekin Nisshe uni tayyorlash jarayonida tug’ilgan bir qancha fikrlar va hikmatli so’zlarnigina yozib qoldirdi. Kitobni E. Fyorster-Nisshe va P. Gast takomil»iga yetkazib, 1906 yildagina nashr etishga muvaffaq bo’ldilar. Nisshe falsafasiga Shopengauerning volyuntaristik metafizikasi va Darvinning yashash uchun kurash qonuni katta ta’sir ko’rsatdi. Bu ta’limotlarga asoslangan Nisshe barcha soxta, chirkin, hayotga dushman bo’lgan narsalarni yo’qqilishga tayyorturuvchi yangi inson idealini yaratishga intildi. Uning falsafasi yaqinlashib kelayotgan falsafiy nigilizm o’rnini egallashi lozim edi. Nisshe xristianlikka qarshi kurashdi va «qullik axloqi»ni xristianlikning mahsuli deb baholadi. U burjuaziyaga qarshi edi, bu sinf axloqini soxta axloq deb bildi. Nisshechilikning metafizik g’oyasi «barcha mavjudotlar, shu jumladan, inson ongida ham hokimiyatga intilish shakli namoyon bo’ladi, hech qanday mutlaq hayot yo’q, hamma narsa mangu qaytarilishga mahkum» degan fikrda mujassamlashgan. Nisshe falsafaga «xrkimiyatga intilish» g’oyasidan tashqari, «barcha qadriyatlarni qayta baholash», «odamlarning yangi nasli», «ideal inson» tushunchalarini kiritdi. Nisshe yangi uslubiy shakllarni topgan tanqidchi va shoir, aforizmlar ustasi edi. Nisshe falsafasining sofistika shakli uni tushinishni qiyinlashtiradi. Undan keyin yashagan faylasuflar- ning uqtirishicha, Nisshe falsafasida uzil-kesil haqiqat, e’tiqod deb qabul qilish mumkin bo’lgan qoidalar yo’q. Asosiy asarlari: «tarixning hayot uchun foydasi va zarari to’g’risida» (1874), «Shopengauer murabbiy sifatida» (1874), «Rixard Vagner Bayretda» (1875-76), «Erkin tafakkur sohiblari uchun qo’llanma» (1876-78), «tong yallig’i» (1881), «quvnoq bilim» (1882), «Yovuz donishmandlik: hikmatlar va dono so’zlar» (1882-85), «axloqning mohiyati» (1887). Ad.:1alevi D., Jizn Fridrixa Nisshe, M., 1991; Sveyg S, Vcherashniy Mir, M., 1991. Saida Jo’rayeva.