Normatov Umarali
Normatov Umarali (1931.3.1, Beshariq tumani) — adabiyotshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1981), Filologiya fanlari Doktori (1978), professor (1979). Toshkent universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1957). 1962 yildan ToshDU (hozirgi O’zMU) filologiya fakultetining o’zbek abadiyoti kafedrasida katta o’qituvchi, dotsent; kafedra mudiri (1974-2000), kafedra professori (2001 yildan). 1957 yildan adabiy-tanqidiy va ilmiy maqolalari bilan adabiy jarayonda ishtirok etib keladi. Normatovning ilmiy, adabiy-tanqidiy tadqiqotlari yangi o’zbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalariga, uning o’ziga xos an’analari va novatorlik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan. Ilmiy faoliyatida realizm masalalari, 20-asr o’zbek adabiyoti, adabiy jarayon hamda adabiy tanqidchiligining o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, Qodiriy, Sh. Xolmirzaev, P. Qodirov, O’. Hoshimov va boshqa ijodkorlarning asarlari bilan bog’liq masalalar muhim o’rin egallaydi. Normatov umumta’lim maktablarining 5-, 9-, 11-sinflari uchun «O’zbek adabiyoti» darslik va majmualari, oliy o’quv yurtlari uchun «20-asr o’zbek adabiyoti tarixi» (1999) darsligi mualliflaridan biri. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). As: Nasrimiz ufqlari, T., 1978; qalb inqilobi, T., 1986; Qodiriy bogi, T., 1996; umumbaxsh tamoyillar, T., 2000; Qahqorni anglash mashaqqati, T., 2000.