AFRIKA TARAQQIYOT BANKI
AFRIKA TARAQQIYOT BANKI (African Development Bank) — Afrika mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini kredit bilan ta’minlaydigan davlatlararo mintaqaviy bank. 1963 yilda tashkil etilgan. 1967 yildan boshlab faoliyat olib boradi. Boshqaruvi Abidjon shahrida (Kot-D’Ivuar Respublikasi). Unga Afrikaning 50 mamlakati, boshqa mintaqalardan 25 mamlakat a’zo (shu jumladan Yugoslaviya, Xitoy). 1980-yillar oxirida ustav kapitali 6,5 milliard. AQSh dollarini tashkil etdi, uning 2/3 qismi Afrika davlatlariga tegishli. Ikki filiali bor (Afrika taraqqiyot fondi va Nigeriya trast fondi). Kreditlarning yarmidan ko’prog’i qishloq xo’jaligi va infratuzilmalarga yo’naltiriladi.