Nizomiy Xo’qandiy
Nizomiy Xo’qandiy (taxallusi; asl ism-sharifi Nizomiddin MuhamMadaminxo’ja o’g’li) (17-asr oxiri — 18-asr boshi) — shoir. Buxoroda tahsil ko’rgan. Nizomiy Xo’qandiydan falsafiy mazmundagi «majmuat ul-maqosid» («maqsadlar majmuasi») nomli kitob, 300 ga yaqin g’azal va muhammaslardan iborat she’rlar to’plami qolgan. Uning ayrim she’rlari toshbosma usulda bosilgan bayozlarda ham uchraydi. Nizomiy Xo’qandiy asarlarida o’z zamonidagi illatlarga nafrat ko’zi bilan qaraydi, insoniy tuyg’ularni, muhabbat va sadoqatni ulug’laydi. She’rlari ravon, sodda tidda yozilgan. Ad.: Qayumov A., Qo’qon adabiy muhiti, T., 1961.