Neman
Neman (litovcha Nyamunas) — Belorussiya, Litvadagi daryo (qisman Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad viloyati hududidan oqadi). Uzunligi 937 kilometr, havzasining maydoni 98200 km2. Minsk qirlarining Jan.dan boshlanadi. Boltiq dengizining Kurshskiy qo’ltig’iga Delta hosil qilib quyiladi. Neman quyi qismida ikki tarmoqqa bo’linadi: rusne (asosiy) va Giliya. Neman havzasida kichik ko’llar ko’l. Qor, quyi qismida yomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi 678 m3/sekund. Dekabrda muzlaydi. Mart oxirida, ayrim vaqtda Fevral yoki aprelda muzdan bo’shaydi. Asosiy irmoqlari: o’ngdan — Berezina, Myarkis, Nyaris, Nyavejis, Dubisa, yura, Miniya; chapdan — Shchara, Shyashupe. Birshtonasdan quyilish joyigacha muntazam ravishda kema qatnaydi. Yog’och oqiziladi. Nemanda Kaunas, Grodno, Druskininkay, Alitus, Prenay, Birshtonas, Yurbarkas kabi shaharlar joylashgan.