AFG’ONLAR
AFG’ONLAR (o’zlarini pushtun, Patan deb ataydilar) — xalq, Afg’onistonning asosiy aholisi (10 million kishidan ortiq, 1992). 19 milliondan ortiq kishi (asosan ko’chmanchi va yarim ko’chmanchilar) Pokistonning shimoliy- g’arbida yashaydi. Qabila birlashmalari saqlangan (afridiylar, Vazirlar, gilzoyilar, Durroniylar va boshqalar). Pushtu tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan musulmon-sunniylar.