Nefelin

Nefelin (Fransuzcha nepheline, Yunoncha nephele — budut) — karkasli silikatlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi KNa3 [AlSiO4]4. Qo’shimchalari Sa, Mg, goho Fe, Be, Cl, H2O, Ga. Geksagonal singoniyada kristallanadi. Zich donador agregatlar, kam hollarda qisqa prizmatik kristallar shaklida bo’ladi. Qattiqligi 5,5—6; zichligi 2600 kg/m3. Ulanish yuzasi nomukammal. Yaltiroqligi yog’simon. Ko’pincha rangsiz, pushti, kulrang yoki yashilroq. Kislotada oson parchalanadi. Nefelin — ishqorli otqindi jinslarning asosiy minerali. Alyuminiy, silikagel olishda (yo’lakay soda ham olinadi) xom ashyo. Gipergen sharoitlarda gidroslyuda, montmorillonit, galluazitga, lateritli nurashda esa gibbsitga aylanadi. Nefelinning konlari Rossiya Federatsiyasi (Kola yarim oroli, Ural), O’rta Osiyoda Quljuqtov (Qizilqumda), Olmaliq yaqinida va olay tog’larida, Grenlandiya, GFR, Keniya va boshqa joylarda bor. Nefelin oyna va keramika ishlab chiqarishda va o’g’it sifatida foydalaniladi.