AXEYLAR
AXEYLAR — miloddan avvalgi 2 – ming yillik boshlaridan Fessaliyada yashagan asosiy yunon kabilalaridan biri, Peloponnesda ham yashaganlar. Axeylar so’zi Xett hujjatlarida (miloddan avvalgi 14 – asr), Gomer asarlarida uchraydi. Axeylar davlatlari: Miken, Pilos va boshqa Troya urushida qatnashganlar. Miloddan avvalgi 12-asrda doriylar tomonidan kichik Osiyo, Kiprga va boshqa orollarga, Peloponnesning shimoliga siqib chiqarilgan (viloyat Axayya nomini olgan).