Ismoilov Abdurahim Isroilovich

Ismoilov Abdurahim Isroilovich (1942.24.7, Toshkent) — kinooperator. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1982). Toshkent teatr varassomlik san’ati institutini tugatgan (1982). Dastlab O’zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar studiyasida, 1970 yildan «O’zbekfilm» kinostudiyasida kinooperator. Eng yaxshi badiiy va hujjatli filmlari: «chegara shu yerda tugaydi» (3 qismli), «o’zganing baxti», «Kelin kuzatish», «Ko’zlarim yo’lingda», «Beshinchi raqamli lager» (5 qismli, Turkiya bilan hamkorlikda), «ehtiros qurbonlari», «kichkina tabib» va boshqalar. 1983 yildan Toshkent san’at intida pedagog, kafedra mudiri, dotsent. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1979).