Ifni

Ifni (barbar tilida — Toshloq cho’l) — Marokashning Atlantika okeani sohilidagi hududi. 1860 yilda Ispaniya bosib olgan. 1904 yildan Ispaniyaning rasmiy mustamlakasi. Marokash va Ispaniya hukumatlari o’rtasida bir necha yil davom etgan muzokaralardan so’ng Ispaniya Ifnini 1969 yil 4 yanvarda Marokashga qaytarib berishga majbur bo’ldi va o’sha yilning 30 iyunida u Marokashning Tarfaya viloyati tarkibiga kiritildi. Ma’muriy markazi — Si-Di-Ifni. Aholisi yarim ko’chmanchi dehqonchilik, ko’chmanchi chorvachilik va baliq ovlash bilan hayot kechiradi. Ishlanadigan yerlar (jami maydonining 1/5 qismi)da arpa, bug’doy va makkajo’xori ekiladi. Hunarmandchilikda gilam to’qiladi, turli buyumlar tayyorlanadi.