AXILIYA
AXILIYA (Yunoncha a — inkor qushimchasi va chylos — shira) — ovqat hazm qilish suyuqliklari bo’lmasligi me’da Axiliyasi— me’da shirasining yo’q bo’lishi, me’dada xlorid kislota va fermentlar ishlab chiqarilmasligi; pankreatik Axiliya — me’da osti bezi tashqi sekresiyasining hosil bo’lmasligi. Axiliya me’da va boshqa a’zolarning kasalliklari natijasida, masalan, me’da bezlari atrofiyasi (organik Axiliya) yoki og’ir ruhiy kechinmalar, me’da bezlari nerviga zararli moddalar ta’sir qilishi oqibatida me’da hazm faoliyatining zaiflashishi sababli (funktsional Axiliya) ro’y beradi. Axiliya zo’rayganda ovqat hazm bo’lishi qiyinlashadi, xususan go’sht va oqsilli ovqatlar yeyilganda me’dada hazm bo’lmay, ichakka o’tadi, natijada ichakka zo’r kelib, uning ishi o’zgaradi (ich dam bo’lib, og’rib turadi, ich suradi va hokazolar). Axiliyada bemorlarga me’da shirasi, xlorid kislota, pepsin, vitamin S (meva va sabzavot sharbati, na’matak, qora smorodina damlamasi), vitamin V, V2 (nuxat, jigar preparatlari — ekstrakt, kampolon) beriladi.