Isaakiy sobori

Isaakiy sobori – Sankt-Peterburgdagi me’moriy yodgorlik. Shaharning bosh ibodatxonasi. So’nggi rus klassisizmining yirik namunasi. Rus me’mori (asli frantsuz) A. A. Monferran loyihasi asosida qurilgan (1818— 58). Keyinchalik maxsus me’morlar (V. P. Stasov, A. A. Mixaylov) ishtirokida takomiliga yetkazilgan. Umumiy tarhi — 111,5×67,6 metr, gumbaz diametri 21,83 metr. 4 tomonidan hashamatli 8 qo’ng’iroq bilan o’ralgan. Peshtoqburchaklariga haykallar, tokchalariga bo’rtma naqshlar ishlangan (haykaltaroshlar I. P. Vitali, A. V. Loganovskiy, P. K. Klodt va boshqalar). Ichki xonalar koshin, rassomlik san’ati asarlari bilan bezatilgan (rassomlar K. P. Bryullov, F. A. Bruni, P. V. Basin va boshqalar). Yodgorlik shahar ansamblining muhim tarkibiy qismi. Avliyo Isaakiy Dalmatskiy nomi bilan atalgan. 1931 yildan muzey.