Iskana

Iskana — duradgorlikda yog’ochda uya, chuqurcha, o’yiq hosil qilish va teshik yo’nish, pax chiqarish uchun ishlatiladigan asbob. Tig’i po’latdan, dastasi qattiq yog’ochdan yasaladi. O’yish, o’ya hosil qilishda ishlatiladigan Iskananing dastasi yorilib ketmasligi uchun unga halqa kiygiziladi. Iskana keskichining tig’i bir tomonlama charxlangan to’g’ri kesuvchi qirradan iborat. Tuzilishiga ko’ra, yassi va yarim doira shaklidagi, qalinligi 11 millimetrgacha. uzunligi 200 millimetrgacha, eni 50 millimetrgacha bo’lgan Iskanalar bor. Bajariladigan ish turiga qarab Nov, chuv, qing’ir Iskana va boshqa turlarga bo’linadi. Uya o’yishda reja chiziqqa Iskana tig’ini qo’yib, dastasiga metall bolg’a yoki yog’och bolg’a bilan uriladi. Yo’nish paytida Iskana dastasi o’ng qo’l bilan ushlanib, chap qo’l bilan Iskana kurakchasi materialga bosiladi.