Iskofiy

Iskofiy (taxallusi; asl ismi Abulqosim Ali ibn Muhammad) (10-asr, Chag’oniyon; hozirgi Surxondaryo viloyati, Denov tumani) — shoir, kotib, notiq. Huroson hokimi Abu Ali as-Sag’oniy (940-955) saroyida devon boshlig’i bo’lgan. Somoniylar amiri alhamid No’h ibn Nasr (943-954)ning saroyiga etgan taklifini rad kilgan. Ammo No’h bilan bo’lgan jangda Abu Ali yengilgan, Iskofiy ham asir olingan. No’h shoirni o’z saroyida devon boshlig’i o’rinbosari (948), so’ng boshlig’i etib tayinlagan. Iskofiy rasmiy xatlarni yozishga mohir bo’lgan, notiqlik san’atini puxta egallagan, noma janrini rivojlantirgan. Iskofiy iboralari xalq orasida aforizm va maqollarga aylanib ketgan. 21 she’ri saklangan, ko’pchiligi hajviy. Ayrimlarida saroy amaldorlari tanqid qilingan. Iskofiy turli mavzularda vasflar yozgan.