Ismagilov Gumar Gimranovich

Ismagilov Gumar Gimranovich (1907.15.6, Chelyabinsk – 1983.8.11, Andijon) — rejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1967). Kozon teatr texnikumi (1928), Moskva teatr san’ati instituti (1935)ni tugatgan. Ijodiy faoliyatini G. Kamol nomidagi tatar drama teatrida boshlagan (Kozon, 1928-38). 1944 yildan Andijon teatrida rejissyor va bosh rejissyor (1958-62). 1974-77 yillar Andijon viloyati «Lola» qo’g’irchoq teatrida rejissyor. Eng yaxshi spektakllari: «Yoriltosh» (III Sa’dulla), «oq Nilufar» (V. Vinnikov, Yu. Osnos), «Kimga to’y, kimga aza» (N. Safarov; M. Leviev), «O’jar qizning quyulishi» (U. Shekspir), «Uch sehrli ko’z» (O. Nozdrachev) va boshqalar.