«Paxtakor»

«Paxtakor» — ertapishar serhosil nok navi. R.R. Shreder nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida Kulala va Lyubimisa klappa navlarini chatishtirish yo’li bilan yaratilgan (S.K.Sharipov). Tupi piramida shaklida o’sadi. Balandligi 6,5, kengligi 5,5 metr. Mevasi yirik, dumaloqnoksimon, o’rtacha vazni 250-300 gramm. Yetilganda po’sti och sariq, keyin zangori rangda bo’ladi, quyoshga qaragan tomonlari qizg’ish tus oladi, o’ta sersuv va shirin, xushbo’y, iyulning 1-o’n kunligida pishadi. O’zbekistonning barcha viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.