Pilos

Pilos (Pylos) — Messeniya soxili (Peloponnes)dagi qadimgi yunon shahri (miloddan avvalgi 16-13-asrlar); hozirgi Pilos shahridan 17 kilometr shimoldagi ano-Englianos tepaligida joylashgan shahar xarobasi. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillikda bu yerda manzilgoh bo’lgan. Miloddan avvalgi 16— 13-asrlarda Pilos mahalliy Axey hukmdorlari qarorgohi. Pilosdan devoriy rasmlar solingan saroy, podshoh maqbaralari qoldiqlari, qadimgi bitiklar tushirilgan 600 dan ortiq sopol jadvalchalar, nekropol va boshqalar topilgan.