Protoplazma

Protoplazma (Yunoncha protos — birinchi va plazma) — tirik hujayraning tsitoplazma va yadrodan tashkil topgan tarkibiy qismi. Protoplazma tushunchasi ko’pincha tsitoplazma bilan bir xil ma’noda, noto’g’ri ishlatiladi. Protoplazma terminini birinchi marta Chex olimi Ya. Purkine (1939) fanga kiritgan. Elektron mikrospokda tekshirishlar natijasida Protoplazma faqat suyuqlikdan emas, balki murakkab tuzilishga ega bo’lgan organoidlar va hujayraning ichki membranalaridan tashkil topganligi aniqlandi. Hozirda bu termin kam qo’llanadi.