Psilofitsimonlar

Psilofitsimonlar (Psiloghytales) — botqoqlik va quruqlikda yashashga moslashgan qadimgi o’simliklar oilasi. Psilofitsimonlar qazilma qoldiklari dastlab 1859 yilda Kanadada, keyinchalik Shotlandiya, Shpisbergen, Kuzbass, Ural, Sibir, O’zbekiston (Turkiston va Nurota tog’lari)da O’rta silurdan devongacha bo’lgan yotqiziklardan topilgan. Poyasi dixotomik shoxlangan, ayrim turlarida tikanga o’xshash mayda barglari bo’lgan. Sporangiylari poyasi uchida joylashgan. Psilofitsimonlarga suvdan quruqlikda yashashga o’tgan dastlabki poya va bargli o’simlik sifatida qaraladi. Qazilma Psilofitsimonlarning 7 oilasi, 18 turkumi, jumladan, O’zbekistonda 6 turkumi topilgan.