Prostata bezi

Prostata bezi (Yunoncha prostatus — oldinda turuvchi), prostata — erkak jinsiy a’zosidagi tok, bez. Kichik chanoq bo’shlig’ida qovuq ostida bo’lib, qovuq bo’yinchasi va siydik chiqarish kanalining boshlang’ich qismini o’rab turadi. Prostata bezi bez va muskul qismdan iborat. Bez qism urug’suyultiradigan suyuqlik (sekret) ajratadi. Bu suyuqlik spermaga qo’shilib, spermatozoidlarni faollashtiradi. Muskul qism esa siydik chiqarish kanalining sfink-teri (muskul qisqich) hisoblanib, shahvat va siydik chiqishini rostlab turadi, shuning uchun shahvat va siydik aralashib ketmaydi. Prostata bezining orqa yuzasi to’g’ri ichakka tegib turadi, shunga ko’ra, vrach to’g’ri ichakka barmog’ini kiritib bezning turli kasalliklarini aniqlaydi. Prostata bezining yallig’lanishi prostatit deb ataladi.