Panna olmos rayoni
Panna olmos rayoni – Hindistonning Madhya-Pradesh shtatidagi qimmatbaho toshlar konlari joylashgan mintaqa. Umumiy maydoni 1700 km2. Tub jinslarda joylashgan mashhur Majgaon va bir nechta sochma olmos konlari bor. Majgaon kimberlit konining maydoni 500×350 metr bo’lib, 270 metr chuqurlikgacha zaxiralari 4,5 million karat miqdorida baholangan; bu konda miloddan avvalgi davrlarda ham olmos qazib olinganligi ma’lum, hozirgi vaqtda yiliga 12 ming karat atrofida olmos qazib olinadi (o’rtacha 100 tonna kimberlit jinslaridan 10,7 karat olmos olinadi). Bundan tashqari, Panna olmos rayonida turli qimmatbaho va zebu ziynat buyumlari yasashda ishlatiladigan toshlar (Zumrad, akvamarin, sapfir, yoqut, oytosh, ametist, safsar, granat, aqiq) sochma konlardan olinadi. Aqiqning yirik sochma konlari Gujarot, Maqarashtra va Bihar Shtatlarida joylashgan.