Polyani Jon Charlz
Polyani Jon Charlz (1929.23.1, Berlin) — kanadalik kimyogar. Kanada Qirollik jamiyati a’zosi (1966 yildan). Manchester universitetini tugatgan (1949). Falsafa doktori (1952), Toronto universiteti professor (1962 yildan). Asosiy tadqiqotlari kimyoviy kinetikaga oid. Elementar kimyoviy jarayonlar dinamikasi sohasida yangi yo’nalishni rivojlantirgan (1960— 70). Alohida molekulalarning kuchsiz infraqizil nurlanishiga ko’ra, reaktsiya maxsulotlarining energetik holatini aniqlash usulini ishlab chiqqan. London Qirollik jamiyati a’zosi (1971 yildan). Nobel mukofoti laureati (1986, S. Xershbax va Ya. Li bilan hamkorlikda).