ATSETOSIRKA EFIR

ATSETOSIRKA EFIR – atsetosirka kislotaning etil efiri, etilasetoatsetat. Molekulyar modda 118,14, xushbo’y hidli rangsiz suyuqpik. Qaynash temperaturasi 180,8°, zichligi 1028 kilogramm/metr kub. Suvda (14,3% 16,5° da), etanolda, efirda eriydi. Oddiy Atsetosirka efir (ikkala shakl aralashmasi) bir vaqtda keton va enol xossalarini namoyon qiladi. U keton sifatida tsianid kislota yoki natriy bisulfatni biriktirib oladi. Enol sifatida temir xlorid ta’sirida binafsha rangga kiradi, brom eritmasini rangsizlantiradi. Sanoatda etilasetatga metall holdagi natriyni ta’sir ettirib olinadi (Klayzen kondensasiyasi). Atsetosirka efir amidopirin, antipirin, akrixin, V, vitamin va boshqa dorilarni sintez qilishda, bo’yoq ishlab chiqarishda, shuningdek oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.