ISHLAB CHIQARISHNI IQTISODIY RAG’BATLANTIRISH

ISHLAB CHIQARISHNI IQTISODIY RAG’BATLANTIRISH – iqtisodiy omillar yordam ida korxo- na iqti-sodiy manfaatlariga ta’sir ko’rsatadi. I.ch.i.r. moddiy i.ch.ni rivoj- lantirishning zarur va muhim shartidir. Davlat tomonidan I.ch.i.r. imtiyozli kre- ditlar berish, i.ch.ga to’g’ridan-to’g’ri sub- sidiyalar ajratish, soliq im-tiyozlari berish, tashki faoliyatni moliyaviy qo’llab-quvvatlash, davlat xarid narxla- rini ko’tarish, ish haqidan olinadigan soliqlar stavkasini pasaytirish, eks- port-import tovarlarini boj to’lovidan ozod qilish va b. dan iborat. I.ch.i.r. kor- xona b-n davlat o’rtasidagi, korxonalara- ro hamda korxona b-n uning xodimlari orasidagi iqti-sodiy munosabatlarni ifodalaydi. Shuning uchun I.ch.i.r. ayni vaqtda, moddiy i.ch. dagi xo’jalik hisobi munosabatlarini ham aks ettiradi. Dav- lat b-n korxona orasidagi iqtisodiy munosabatlar korxonada olingan foy- Dani taqsimlash, ishlab chiqarilgan mahsulotga narx qo’yish, i.ch. fondlari uchun to’lov me’yorlarini belgilash, kor- xonaga zarur bo’lganda kredit berish va b. tadbirlarda namoyon bo’ladi. Korxona b-n xodimlar o’rtasidagi munosabatlar esa ishchilar (mutaxassis)ning shaxsiy mod- diy manfaatini qondirish uchun bo’lgan intilishlarida va ularning mehnatiga qarab haq to’lashda o’z aksini topadi. I.ch.i.r. tizimi xodimlarining o’z mehnat natijalaridan bevosita mod- diy manfaatdorligini ta’minlagan taqdirdagina yaxshi samara beradi. Shu tufayli I.ch.i.r. ni takomillash- tirish, dastavval xodimlarni moddiy rag’batlantirish tizimini takomillash- tirishni taqozo qiladi. Ishchilarni moddiy rag’barlantirish, asosan, ish haqi, mukofotlash, kashfiyot, ixtiro va ra-tsionalizatorlik takliflari uchun taqdirlash orqali amalga oshirila- Di. Korxonalarning fonda va b. man- balar xiso-biga tashkil qilinadigan iqtisodiy rag’batlantirish fondlari, ijtimoiymadaniy tadbirlar va i.ch.ni rivojlantirish fondlari I.ch.i.r. da katta ahamiyatga ega.