Mineralogiya
Mineralogiya (mineral… va …logiya) — minerallar haqidagi fan; minerallar, ularning tarkibi, xossalari, fizik tuzilishi (strukturasi) ning morfologiyasi va krnuniyatlari, shuningdek, tabiatda hosil bo’lish jara-yonlari va o’zgarish sharoitlarini hamda sun’iy yo’l b-n (sintez) olish va amalda foydalanish yo’llarini o’rganadi. M.ning asosiy vazifasi — foydali qazilma konlarini qidirish va baholash, xom ashyoni amaliyotda qo’llash uchun boyitishning ilmiy asoslarini yaratishdan iborat. M.dan 19-a.da kristallografiya va petrografiya, 20-a. boshlarida foydali qazilmalar haqida ta’limot, geokimyo, so’ngra kristalloki- Myo ajralib chiqpi. M. hoz. zamon fizikasi, kimyosi qonuniyatlaridan keng foydalanadi. M.ni urganishniig asosiy yo’nalishlari. Tavsifiy M.ning asosiy vazifasi minerallarning sistemati- kasi masallari; morfologiyasi, Konsti- tusiyasi, fizik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, geografik tarqalishi haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishdan ibo- rat. Tavsifiy M.da hoz. vaq-tda mineral- lar fizikasi eng muhim bo’limni tashkil etadi. Genetik M. muayyan mineral turi va minerallar assosiasiyasi — foydali qazilma konlarini hosil bo’lishiga sa- bab bo’lgan sharoit, qonuniyat va jarayon- larni aniqlaydi; minerallarning hosil bo’lish jarayonini tavsiflovchi fizik- kimyoviy o’lchamlari (tra, bosim, mine- ral hosil bo’luvchi muhitning kimyosi) ni belgilaydi. Genetik M.minerallar tipomorfizmi haqidagi ta’limotni; ontogenetik va kristallomorfologik taxlilni; qattiq va gazsuyuklik kirit- malarni ta-dqiq qilish va b.ni o’z ichiga oladi. Eksperimental M. tabiatda mineral- larning vujudga kelish sharoitlarini aniqlash maqsadida tabiiy jarayonlarni modellashtirish va fizikkimyoviy si- stemalarni urganish b-n shug’ullanadi. Minerallarni (olmos, pezokvars kri- stallari, optik flyuorit, la’l, granat va b.) sintez qilish ham shu sohaga yaqin turadi. Amaliy va texnik-iqtisodiy M. mi- neral xom ashyodan kompleks foydalanish- ga qrragilgan va undan olinadigan foy- Dali qismlarini ko’paytirish uchun yangi mineral turlarini mineralogik tadqiq qilib, sanoatda foydalanish muammola- ri b-n shug-ullanadi; minerallarning texnologik xususiyatlari ularning tar- kibi va strukturasiga bog’liqligini, rudani boyitish jarayonida minerallar- ning uzgarishi, erishi va b. ni o’rganadi, qidirishning maxsus mineralogik me- todlarini ishlab chikadi. Regional M. mineral va ular as sosiasiyalarining taqsimlanish qonuniyatlarini aniqlash maqsadida mu- ayyan hududlar va ruda provintsiyasining mineralogik o’rganishni umumlashtira- Di. Kosmik jismlar M.si oy jinslari- dan namunalar olingandan keyingina ri- vojlandi. Shuningdek, meteoritlarning mineral tarkibini o’rganish ham katta ahamiyatga ega. Bu yo’nalishlarning birortasi mi- nerallarni tadqiq qilishning yangi me- todlarni yaratmay va mavjudlarini tako- millashtirmay turib samara bermaydi. Tarixi. M. odamlarning amaliy ehti-yojidan kelib chiqqan holda juda qadimda vujudga kelgan. O’sha davrlar- da toshdan keng ko’lamda foydalanilgan. Dastlabki ma’lumotlar qad. hind diniy kitoblari va dostonlari, mil. AV. 4-2- a.larda yashagan yunon olimi Teofrast- ning «toshlar haqida» va katta Pliniy asarlarida berilgan. O’rta aerda Shark- da M.ga Abu Ali ibn Sino, Al-Kindi, Abu Rayhon Beruniy, Jobir ibn Xay- yom, Roziy, Mahmud ibn Vali, Muhammad ibn Mansur va b. hissa qo’shgan. Beru- niy «kitob aljamohir Fi ma’rifat aljavohir» («qimmatbaho toshlarni bi- lib olish bo’yicha ma’lumotlar to’plami» — qisqacha «Mineralogiya») asarida 300 dan ziyod mineral va ular turlarining xususiyati, qo’llanishi, vujudga kelish sharoitlari, rangi, qattikligi va zich- ligini ta’riflaydi. Mahmud ibn Vali ham «Bahr ul-Asror» («sirlar dengizi») asarida (17-a.ning 1-yarmi) M. rivoji- ga salmokli hissa qo’shdi. Bu asarlarda qimmatbaho metall va minerallarning sifatini tekshirish usullari haqida ma’lumotlar bor. Konchilikning Evropada (6-13-a. lar) rivojlanishi (temir, qalay, mu- skovit, tosh tuzi, kahrabo, kumush va b. ni qazib olish) rudalarni o’rganishga turtki bo’ldi. 13-a.da Evropada mineral haqida maxsus risola yozildi. Pekin u vaqtda mineral, tog’jinslari va rudalar o’zaro farq qilinmagan, ularning tas- nifi juda sodda bo’lgan. M.ni o’rganish alkimyo b-n bog’liqholda olib borilgan. M. Uyg’onish davridan boshlab fan sifa- tida shakllandi. G. Agrikola «Konchilik va metallurgiya» asarida (1550) birin- chi marta mineralni tog’jinsidan aniq farkladi, dastlabki tasnifni qo’lladi. «M.»termini fanga italyan tabiatshu- nosi Bernard tseziy tomonidan 1636 y.da kiritilgan. 17-a.da Evropada kri- stallarning geometrik qonunlari va ularning optik xususiyatlari o’rganildi. Kristallarning kirrali burchaklarini tadqiq qilish M. va kristallografiya ri- vojiga katta hissa qo’shdi. Rus olimi M. V. Lomonosov minerallarning asosiy belgisi sifatida uning kimyoviy tar- kibini olgan. 19-a.da mi-nerallarning tarkibi va fizik xossalarini o’rganish natijasida izomorfizm va polimorfizm tushunchalari paydo bo’ldi. 19-a. oxirida turli xom ashyoga bo’lgan ehtiyojning ku- chayishi b-n tavsifiy M.ning eski usul- lari talabga javob bermay qo’ydi. M.ga rus olimlaridan V. V. Dokuchaev, A. S. Fyodorov, V. I. Vernadskiy, A. E. Fers- man, D. S. Korjinskiy, shveytsariyalik P. Niggli, amerikalik N. L. Bouen, gol- landiyalik ya. X. Vant-Goff va b. salmok- Di hissa qo’shdilar. O’zbekistonda M.ni o’rganish va mineralog kadrlar tayyorlash 20-a.ning 20-y.laridan boshlangan. Bir qancha minerallarning to’liq tasnifi berildi. Toshkentda yangi mineralogik- geokimyoviy yo’nalish vujudga keldi. Hoz. O’zbekiston milliy unti geologiya f-tida, tosh-tu ning konchilik-Geolo- giya f-tida, O’zbekiston FA H.M. AB- dullaev nomidagi geol. va geofizika in-tida, O’zbekiston geol. va mineral resurslar Davlat qo’mitasi mineral resurslar in-tida mineralogik, Geo- kimyoviy tadqiqotlar olib borilmoqda. O’zbekiston hududidan jahonda ilgari noma’lum bo’lgan yangi minerallar to- pildi. Ad.: Betextin A. G., Mineralogiya kur- si, T., 1969; Uklonskiy A. S, Mineralo- giya. M., 1940; Grigorev D. P., Ontogenez mineralov, Lvov, 1961.