Mineral suvlar
Mineral suvlar — tarkibi- da ba’zi bir kimyoviy elementlar va birikmalar, shuningdek, gazlar bo’lgan suvlar. Tarkibidagi erigan minerallar- ning umumiy miqdori 1 g/l gacha bo’lgan suvlar chuchuk hisoblanadi. Ba’zi den- giz va ko’l suvlari ham M.s. ga kiradi. M.s.ning ma’lum shifobaxsh xususiyati- ga va iqtisodiy jihatdan uzoq muddat foydalanish uchun etarli miqdorga ega bo’lganlari mineral suv manbalari deb ataladi. Suv tarkibida yod, brom, litiy, bariy, temir va b., gazlardankarbonat an – gidrid, radon, sulfat gazlari bo’lishi ularda shifobaxsh xususiyat vujudga kel- tiradi. Sul-fatgidrokarbonatli nar- zan suvi (Kislovodskda), karbonat an- gidridli Jeleznovodsk, Pyatigorsk, es- sentuki, oltingugurtli Chimyon, Uchqizil (O’zbekiston), Obishifo (Tojikiston), Masesta (Gruziya), azotli Qiziltepa (O’zbekiston), Issiqota (Qozog’iston), radioaktivli Xo’jaobigarm (Tojiki- ston), Jetiog’uz (Qozog’iston) va b. o’nlab joylarda mineral suv manbalari bor. M.s. qosil bo’lishi va er po’stida joy- lanishiga qarab sovuq va iliq (20° atro- fida), termal (issiq, 37° dan yuqori), gipotermal (42° dan yuqori) hamda qaynoq (100° va undan yuqori) bo’ladi. Minerallanish miqdoriga qarab: kuchsiz (1—2G/l), kam (2-5 g/l), o’rta (5-15 g/l), yuqori (15-30 g/l), sho’r (15-30 g/l), va o’rtacha sho’r (35— 150 g/l) kabi turlarga bo’linadi. Tarkibida 2-20 g/l mineral tuzlar bo’lgan M.s. iste’mol uchun ish- latiladi. M.s.ning shifobaxsh xususi- yati tarkibidagi foydali elementlar, gazlar, organik moddalarning sifati va miqdoriga qarab belgilanadi. M.s.ning paydo bo’lishi, joylanish qonuniyatlari va foydalanish masalalarini gidro- geologiya va kurortologiya o’rganadi. M.s.ning organik va kimyoviy xossalari- ni o’rganish va foydalanishga topshirish b-n ilmiy tadqiqot muassasalari, lab. va st-yalar shug’ullanadi. Hoz. sanatoriy va shifoxonalarda sun’iy yo’l b-n oltin- Gugurtli va radonli M.s. tayyorlanadi. O’zbekiston Markaziy Osiyoda M.s.ga boy bo’lgan mamlakat. Respublika xudu- dida ularning tabiatda ma’lum bo’lgan barcha guruh va tiplari aniqlangan. O’zbekistonda M.s.ning quyidagi bal- neologik guruxlari bor: spesifik xusu- siyatlarsiz va komponentlarsiz, oltingu- gurtli, yod, brom, radonli va karbonat angidridli. Spesifik xususiyatlarsiz va kom- ponentlarsiz eng qimmatli M.s. (azot- ishqorli issiq, Ijevsk va yangi Ijevsk turidagi sulfat va xlorid sulfat natriyli) Toshkent atrofi, Kizil- kum, Zarafshon va Markaziy Kizil- kum havzalar guruhida, hamda Ustyurt, Buxoro-qarshi, Surxondaryo va Farg’ona artezian havzalarining yuqori gidro- geologik qavatida tarqalgan. Ular ne- gizida: Jan. Olamushuk shaharchasi va Polvontoshda (Andijon viloyati), bu- xorodagi «Sitorai Mohi xossa», jiz- zax viloyatidagi Gagarin va G’allaorol sh.larida, muborak sh.da (Qashqadaryo viloyati), Oltinsoy qishlog’ida (Navo- iy viloyati): Kattaqo’rg’on sh, na-Gorniy t.y. stantsiyasida (Samarqand viloya- ti), Toshkent sh.da, Toshkent viloyatida, Oltiariq shaharchasida, Oltiariq t.y. stantsiyasida, Zadion qishlog’ida, Qo’qon sh.da, Chimyon qishlog’ida (Farg’ona VI- loyati), Nukus sh.da (Qoraqalpog’iston) sanatoriykurort, profilaktika muas- sasalari va qadoqlash z-dlari faoliyat ko’rsatadi. O’zbekiston xududida sanoat toifasi bo’yicha foydalanish zaxirasi 30 ming m3/ sutka bo’lgan er osti M.s. aniqlangan. Ular negizida 100 dan ziyod sanatoriy, balneologik shifoxona va mineral ichimlik suvlari qadoqlash bo’yicha 20 tsex ishlab turibdi. Davlat hisobida radonli, oltingugurtli, yod, brom, borli, tarkibida organik modda bo’lgan, kremniyli, temirli va spesifik komponentlar va xususiyatlarsiz 10 dan ziyod er osti M.s. konlari va uchastkalari faoliyat ko’rsatadi.