ACHCHIQKO’L

ACHCHIQKO’L — Sirdaryoning chap sohilidagi ko’l (Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida). Achchiqko’l bahor va yoz oylarida toshqin suvlarining to’planib qolishidan hosil bo’lgan. Ko’l sohili qumloq. Janub g’arbiy sohili ekinzor. Suv sathi bahor-yoz oylarida ko’tarilib, kuz-qishda pasayadi. Achchiqko’lga ekin maydonlaridan oqova va kollektor suvlari quyiladi.

ACHCHIQKO’L — Toshkent shahridan 20 kilometr G’arbdagi ko’l. Uzunligi 700 metr, eni 150 metr. Achchiqko’l buloq suvidan to’yinadi. Ko’l va uning atroflari qamishzor. Ko’lda oltingugurt hidli shifobaxsh qora balchiq bor (qalinligi 10— 15 santimetr). Bu balchiqdan davolash muassasalari, jumladan Toshkent shahridagi salomatlikni tiklash va fizioterapiya ilmiy tadqiqot institutida foydalaniladi.