ACHCHIQ-CHUCHUK

ACHCHIQ-CHUCHUK – pomidor va piyozdan mavsumiy tayyorlanadigan salat. Piyoz mayda to’g’ralib, sovuq suvda yuviladi, uning ustiga yupqa qilib pishgan pomidor, ko’k qalampir to’g’raladi, tuz sepib aralashtiriladi. Achchiq-chuchuk tayyorlashda 500 gramm pomidorga 1 — 2 bosh piyoz va ta’bga ko’ra tuz, qalampir kerak bo’ladi. Bunday salat Farg’ona vodiysida shakarob nomi bilan mashhur. Unga yupqa va mayda to’g’ralgan bodring ham qo’shiladi.