Serra-Leone
Serra-Leone (Sierra Leone), Serra Leone Respublikasi (Republic of Sierra Leone) — Afrikaning g’arbida, Atlantika okeani sohilida joylashgan davlat. Mayd. 72,3 ming km2. Aholisi 5,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Fritaun sh. Ma’muriy jihatdan 3 VI- loyat (province)ra va G’arbiy viloyatga bo’linadi. Davlat tuzumi. S.L. — Respubli- ka. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibiga kiradi. Amal- dagi Konstitusiyasi 1991 y.da qabul qilingan. Davlat boshlig’i — president (1996 y.dan Axmad Tejan Kabba). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy Majlis (parlament), ijrochi hokimiyatni Pre- zident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Okean sohillarining aksa- ri qismi past, yassi, qumli. Hududning ko’p qismini Leonliberiya qirlari (eng baland joyi — 1948 m) egallaydi, bu qirlarda temir, titan rudalari, olmos, mamlakat g’arbida boksit konlari bor. Iqlimi ekvatorial mussonli iqlim. May oyidan sent.gacha yog’ingarchilik, okt. dan maygacha quruq mavsum. Eng salqin oy — avg.da o’rtacha tra sohilda 24°, eng issiq oy — apr.da 27°, mamlakat ichki qududida 21-24°. Yillik yog’in tog’larda 4000 mm dan ortiq, mamlakat ichki hududida 2000-2500 mm. Daryola- ri sersuv, serostona. Asosiy daryolari: Kaba, Rokel, Jong, Seva, Moa. Tuprog’i qizilsariq ferralit, sohilda botqoqli va allyuvial, mangrozorlarda sho’r tuproq. Mamlakat hududining yarmiga yaqini, shim.da asosan savanna, Jan.da butazorlardan iborat. Hududining 5% ga yaqinini egallagan tizmalari va tepali- klarning nam Sharqiy yonbag’irlari doim yashil va aralash o’rmonlar bilan band. Hayvonot dunyosi shafqatsiz qirib yubo- rilgan bo’lsada, ayrim joylarda maymun (shimpanze, babuin, makaki va b.), kiyik, zebra, sirtlon, qoplon, o’rmon ichkari- sida fil, begemot, buyvollarning mitta turlari, darelarda timsoxlar saqlanib qolgan. Qush va hasharot, sohil yaqinidagi suvlarda baliq ko’p. Lomamauntins, Ma- muntamayoza o’rmon qo’riqxonalari tash- kil qilingan. Aholisi 2 asosiy etnik guruh: g’arbiy Atlantika va mande til oilala- riga bo’lingan xalqdardan iborat. Ras- miy til — ingliz tili; krio, mande va temne tillari ham tarqalgan. Aholining aksariyati mahalliy an’anaviy dinlarga e’tiqod qiladi, bir qismi xristian va musulmon. Shahar axoliey 37%. Yirik shaharlari: Fritaun, Kenema, Makeni, Kondu, Bo. Tarixi. S.L. hududida odam paleolit davridan yashay boshlagan. 2 ming yil AV- val temirdan mehnat qurollari yasalgan- ligi ma’lum. 7-8-a.larda bu erda limba yoki bulom elatlarini shim. dan kelgan mande, koranko va b. xalqlar sohilga surib yuborgan. 15-a. o’rtalarida qaror topgan qabilaurug’chilik an’analari 20- a. boshlarigacha davom etgan. Evropaliklardan birinchi bo’lib bu hududga 1462 y. portugaliyaliklar etib kelib, unga Serraleone (sherlar tog’i) nomini berdi. 16-a.da ingliz qul savdogarlari kelib, 1662 y. dastlabki qal’ani qurdilar. 18-a.da qul savdosi rasman taqiqlangach, inglizlar tomoni- dan ozod qilingan bir necha yuz qul «er- kinlar shahri» — Fritaun manzilgohiga asos soldilar. 1808 y. Fritaun va uning atrofidagi erlar, keyinchalik butun mamlakat Angliya mustamlakasi- ga aylandi. 1898 y. mahalliy xalq mu- stamlakachilarga qarshi katta qo’zg’olon ko’tardi. Angliya hukumati yuborgan ar- miya qo’zg’olonchilardan 2 ming kishini qirib, 100 ga yaqin qishloqni yo’q qilib yubordi, 98 qabila boshlig’ini otib tash- ladi. 1-jahon urushidan so’ng mahalliy ishchilar kasaba uyushmalarini tuza boshladilar. 2-jahon urushidan keyin milliy ozodlik kurashi kuchaydi. Siyo- siy partiyalar tuzildi. 1955 y. davomida bo’lib o’tgan g’alayonlar natijasida An- gliya hukumati biroz yon bosishga majbur bo’ldi. 1961y 27. apr.da S.L. Britaniya Hamdo’stligi doirasida mustaqillikka erishdi. S.L. hukumati barcha mamlakat- lar bilan do’stona munosabatlarni ri- vojlantirish, irqiy kamsitishga qarshi kurash, Afrika qit’asidagi mojarolar – ni tinch yo’l bilan hal etish tarafdori ekanini Bild’irdi. S.L. — 1961 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 27 apr. — Mustaqillik kuni (1961). O’zR suvere- nitetini 1991 y. 21 dek.da tan olgan. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala- ri. Umumxalq Kongressi, 1960 y. tuzil- gan; Xalqdemokratik partiyasi, 1991 y. tashkil etilgan; Birlashgan inqilobiy front, 1991 y. qo’zg’olonchi guruh sifa- tida tuzilgan, 1999 y. partiyaga aylanti- rilgan; Milliy birlik partiyasi, 1995 y. asos solingan; tinchlik va birlik partiyasi, 2002 y. tashkil etilgan. S.L. Mehnat Kongressi, 1966 y. asos solingan. Xujaligi. S.L. — konchilik sanoati bir muncha rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo’jaligi. ning ulushi 52%, sanoatning ulushi 16%, xizmat ko’rsatish sohasining ulushi 32%. Qishloq xo’jaligi mamlakat- ning oziqovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat er fondi 7,2 mln. gektar, shundan 4 mln. Gektari dehqonchilik uchun yarokli, ammo 0,8 mln. gektar erdan foydalaniladi, 2,2 mln. gek- tar er yaylov. Sohil yaqinidagi mangrozor botqoqliklar o’zlashtirilib, sholi ekila boshladi. Eksport uchun palma yong’og’i, kofe, kakao, er yong’oq, zanjabil, tsitrus mevalar, ichki ehtiyoj uchun sholi, mani- OK, makkajo’xori, tariq, oq jo’xori, ba- tat, shakar qamish, tamaki etishtiriladi. Chorvachilik sust rivojlangan, qoramol, qo’y, echki, cho’chqa boqiladi. Baliq ovlash va parrandachilik rivojlangan. Sanoati. Konlarda olmos, temir rudasi, boksit, rutil, oltin qazib olinadi. Ishlab chiqarish. Sanoati mustaqillik yillarida tashkil etildi. Neft va qishloq xo’jaligi. xom ashyo- sini qayta ishlaydigan, qurilish Mate- riallari, poyabzal ishlab chiqaradigan korxonalar, tamaki f-kasi va pivo z-Di, kimyo, metallsozlik sanoati korxona- lari, avtomobillarni ta’mirlash usta- xonalari bor. Yiliga o’rtacha 237 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. T.y. uzunligi 84 km, avtomobil yo’llari — 11,7 ming km. Asosiy dengiz porti — Fritaun, xapqaro aeroporti — Lun- gi. SL. chetga olmos, boksit, kakao, kofe doni, palma yong’og’i mag’zi chiqaradi; chet- dan mashina va uskuna, kimyo va oziqovqat mahsulotlari keltiradi. AQSh, Nigeriya, Yaponiya, Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo qiladi. Pul birligi — Le- One. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. Mustaqillik e’lon qilinganidan keyin 6 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun majburiy ta’lim joriy etildi. Davlatga qarashli makta- blar bilan bir qatorda xususiy makta- blar ham bor. Boshlang’ich maktab 7 y.lik. Fritaun va uning atrofida darslar in- gliz tilida, viloyatlarda ko’p tarqalgan mahalliy tillardan birida olib bori- ladi. Boshlang’ich maktabni tugatgan bo- lalar o’rta maktabda yoki hunartexnika o’quv yurtida o’qishni davom ettirishlari mumkin. O’rta maktablar 7 y.lik umu- miy ta’lim maktablari va 3-4 y.lik zamonaviy o’rta maktablardan iborat. Hunartexnika ta’limi boshlang’ich va zamonaviy o’rta maktab negizida olib boriladi; ularda o’qish muddati 1-3 y. Fritaun va Kenemadagi texnika intlari maxsus o’rta ma’lumot beradi. Boshlang’ich maktab o’qituvchilari ped. bilim yurt- larida, o’rta maktab o’qituvchilari ped. kollejlarida tayyorlanadi. Fritaun- dagi S.L. universiteta (1967)ni tugat- gan mutaxassislar to’liq o’rta maktab va ped. kollejlarida dars berishi mumkin. Mazkur un-t mamlakatdagi ilmiy faoli- yatni muvofik^lashtiruvchi markaz vazi- fasini ham bajaradi. Bundan tashqari Dengiz biol.si va okeanshunoslik in-ti (1966), Furabey kolleji huzurida Af- Rikani o’rganish inti, san’at, adabiyot va tarixni o’rganish bilan shug’ullanuvchi S.L. jamiyati (1918), geol. Xizmati (1918) bor. Furabey kolleji kutubxo- nasi (1827), J. Tomas kutubxonasi, tur- li viloyat va shaharlarda kutubxonalar, Fritaunda Milliy muzey mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi, teleko’rsatuvi. Asosiy gaz.lari: «dey- li meyl» («kundalik pochta», g’ukumatga qarashli ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1931 y.dan), «VI Yun» («Suhbatdosh», ingliz tilida xdftasi- ga 2 marta chiqadigan gaz., 1963 y.dan), «Kronikl» («Xronika», ingliz tilida chiqadigan haftalik gaz., 1983 y.dan), «Progress» («taraqqiyot», ingliz tilida chiqadigan haftalik gaz.), «For Pipl» («Xalq uchun», ingliz tilida chiqadigan haftalik gaz., 1983 y.dan). S.L. axbo- rot agentligi (SLENA) milliy axbo- rot agentligi, 1980 y. tashkil etilgan. S.L. radioeshittirish xizmati, qukumat Mahkamasi, 1934 y. tuzilgan. S.L. radio- eshittirish xizmati qaramog’ida 1963 y. teleko’rsatuvga asos solingan. Abadiyoti ingliz tilida 20-a. o’rtalarida yuzaga kelgan. Xalq og’zaki ijodiyoti unga samarali ta’sir o’tkazgan. Mashxur adiblari — R. S. Ismon, A. Nikol, U. Konton. R. Koulning o’z xayoti- dan yozgan «Kossoulik bolakay» qissasi dastlabki nasriy asarlardan b>’ldi. 50—60y.larda novella, roman, dramalar, yangicha she’riy uslublar paydo bo’ldi. M. Sinaning «Shinavanda serjant» hajviy xikoyasi, N. Faylning davlat madhiyasi matni, «boshpanasiz yigit» xikoyasi, F. Garti va b.ning hikoya, roman va she’riy to’plamlari nashr etildi. Kontonning «Afrikalik yigit» romanida ijtimoiy va axloqiy muammolar, irqiy o’zaro mu- nosabat masalasi ko’tarib chiqilgan. Is- monning «mehribon ota» pesasi mil- liy masalaga bag’ishlangan. Me’morligi va tasviriy san’ati. S.L. qishloklari odatda tepaliklarga qurilgan. Aksariyat turar joylarning devori loydan yoki to’qima novdalardan tiklanib, rang-barang rasmlar solinadi, konussimon tomi poxol bilan yopiladi. Tarhi to’g’ri burchakli, tomi palma bar- gi bilan yopilgan sinchli kulbalar ham uchraydi. 15-17-a.larda portugallar kurgan bir necha qo’rg’on saqlanib qolgan. 18-a. oxirlarida paydo bo’lgan Fritaun, Makeni, Lunsar sh. larining qiyofasi qishloqlardan deyarli farq qilmaydi. Faqat Fritaunda ingliz viktorian me’- morligi va zamonaviy ruxdagi binolar bor. S.L. hududida yumshoq tosh (stea- tit) dan yasalgan haykalchalar (ibodat qilayotgan kishi, ot va fil ustidagi cha- vandoz, jonivorlar qiyofalari), yog’och niqoblar, fil suyagi bilan bezatilgan buyumlar topilgan. 20-a.ning 2-yarmi- da chet ellarda o’qib kelgan rassomlar ijodida dastgoh san’ati vujudga kel- Di: M. Berninikol mahobatli panno- lar, Ts. Leyberbleyk realistik por- tretlar yaratishdi. Ganada ta’lim olgan haykaltarosh P.M.Karelo shu mamlakat badiiy maktabi an’analarini qabul etib, xalq san’ati ruhida asarlar yarat- Di. Badiiy hunarmandchilikda fil suyagi o’ymakorligi, badiiy to’quvchilik, kulol- chilik, yog’ochsozlik rivojlangan. Musiqasi. Mehnat jarayonlari, hayotiy voqealar qo’shiqsiz o’tmaydi. Sev- gi, mehnat, marosim, Munojot qo’shiklari keng tarqalgan. Teatrlashtirilgan raqs tomoshalariga jo’r bo’ladigan qo’shiqlar alohida turkumni tashkil etadi. Cholg’u asboblari — kangbay deb ataluvchi 1 mem- branali, sangbay deb ataluvchi konussi- mon, xutamba deb ataluvchi qum soat sha- klidagi barabanlar, fil tishidan yasal- gan truba, yog’och nay, banjo, ksilofonni eslatuvchi balanja va b. Sayoq baxshi — griotlar qahramonlik, muhabbat, hajviy qo’shik^parni ijro etib, xalq san’atini targ’ib qiladi. 20-a. boshlarida voyaga et- gan professional kompozitorlar orasi- da S. Kolrijteylor ijodi («Gayavata» oratoriyasi, «afsonaviy balladalar» va b.) aloxida o’rin oladi. Teatri. S.L.da zamonaviy teatrning rivojlanishi xalqning o’ziga xos ma- daniyati qaror topishi va mamlakatdagi an’anaviy san’atning tiklanishi bi- lan bog’liq. Mustamlakachilik yillari- da ko’pgina ingliz havaskorlik drama va musiqali drama jamoalari u. Shekspir, S. Moem, J. Jilbert pesalarini sahnalashtirgan. 2-jahon urushidan key – in maktab va liniy missiyalar qoshida afrikaliklarning havaskorlik jamoa- lari tuzila boshladi. 1958 y. dramaturg, rej. va aktyor D. Akar «Serraleone AK- tyorlari» truppasini tashkil etdi va o’zining «aks sadosiz vodiy» va «tam- ba nidosi» pesasini sahnaga qo’ydi. Mustaqillikka erishgach, havaskor jamoalar ko’paydi. R.S. Ismonning «Mehribon ota», «yangi vatanparvar- lar», A. Kargboning «jiyanining kamzu- li», o. Masonning «otasining irodasi» pesalari tomoshabinlarga ko’rsatildi. Komediya janri rivojlandi. Furabey kolleji qoshidagi tajriba studiyalari dramaturg, rej. va aktyorlarni tayyorlay- Di. Havaskorlik jamoalarini birlash- tiruvchi Milliy teatr uyushmasi tashkil etilgan. Fritaundagi teatrkontsert zali mamlakat teatr hayotining asosiy markaz- laridan biridir.